Onlayn ovoz berish natijalariga ham tayanildi
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri davom etmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatimizning barcha hududlaridan turli yoshdagi ijodkorlarning ijodiy ishlari maxsus tashkil etilgan https://tanlov2021.uz/ saytiga joylashtirilib, onlayn ovoz berish tizimi orqali keng jamoatchilik ishtirokida baholab borildi. Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib va sovrindorlarni aniqlashda onlayn ovoz berish natijalariga ham tayanildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA