Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.

Majlisda dastlab deputatlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qildi.  

Mazkur qonun loyihasi bilan notariuslar tomonidan notarial harakatlar rasmiylashtirilganligi uchun undiriladigan davlat bojining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Bunda ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, mol-mulkni ijaraga berish, mol-mulkdan tekin foydalanish, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish, garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlashda undiriladigan davlat boji optimallashtirilmoqda. Ya’ni, ilgari differensial tarzda hisoblanadigan davlat boji qat’iy stavkalarda belgilanishi taklif etilmoqda.  

Qayd etilganidek, notarial harakatlarning asosiy qismini tashkil etuvchi ko‘chmas mulklar, avtotransportlar oldi-sotdisi jarayonida davlat boji turli toifalarga ajratilgan holda to‘lanadi. Bu esa ham notariuslarda, ham fuqarolarda turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirmoqda.  

Shu bois davlat bojini to‘lashda qat’iy “stavka”larni belgilash maqsadida mazkur qonun loyihasida uy sotib olishda maydonning qanchaligidan qat’iy nazar bir xil – 1,5 barobar miqdorda boj undirish taklif qilinyapti. Amaldagi qonunchilikda bu oltita toifaga ajratilgan bo‘lib, olti xil miqdorda davlat boji undirilar edi.  

Avtotransportlar oldi-sotdisida esa ishlab chiqarilgan yili, ot kuchi, jami 12 ta toifaga ajratilgan holda umumiy narxning 10 barobari (2 700 000)gacha to‘lov qilinyapti. Shu bois, aksariyat odamlar sotib olayotgan mashinasini o‘zining nomiga rasmiylashtirishdan ko‘ra, 3 yillik ishonchnoma imzolashni afzal ko‘rmoqda.  

Ushbu qonun loyihasida mashinaning ishlab chiqarilganlik va ot kuchidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari, ya’ni 810 ming so‘m miqdorda davlat boji undirish belgilanmoqda.  

Bundan tashqari, loyihada davlat bojini to‘lashdan ozod qilish asoslari ham o‘z aksini topmoqda.  

Majlisda qonun loyihasini moddama-modda ko‘rish davomida deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, qizg‘in muhokamalardan so‘ng qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Mashina oldi-sotdisida bir xil summa – BHMning uch barobari miqdorida davlat boji undiriladi