U bir tekis kechmagan dolgʻali hayotda nimalarni yoʻqotdi, nimalarni topdi?
Jurnalistning bir kuni
U bir tekis kechmagan dolgʻali hayotda nimalarni yoʻqotdi, nimalarni topdi? Mashaqqatli, biroq mazmunli “kasbimiz” haqida qanday fikrda?
Ana shu kabi savollarga bugungi qahramonimiz Ahmadjon Meliboyev bilan birga javob izlab koʻramiz.
Shu oʻrinda bugungi qahramonimizning hayoti va ijodiga bir nazar solsak. Ahmadjon Meliboyev 1946-yilda Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgiOʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsilni yakunlab, yoshlar gazetasida, soʻngra “Yangi asr avlodi” nashriyotida mehnat qildi.1988–2000, 2004–2010-yillarda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri boʻldi.
Ahmadjon Meliboyevning “Bir zaminda yashaymiz”, “Umidli dunyo”, “Yolgʻiz yashab boʻlmaydi”, “Qirq beshinchi bekat” kabi publitsistik toʻplamlari, “Oʻngʻor ertaklari”, “Safed Bulon hikoyalari” qissalari hamda “Keksa Charlining xavotiri”, “Sumak sovgʻa qilgan bolakay”, “Mudhish latifalar”, “Milliarderning afsusi samimiymi?” kabi qator pamfletlari oʻquvchilar tomonidan iliq qarshilangan. Ustozning Ahmad Ogʻa taxallusi bilan eʼlon qilinayotgan hajviya asarlari, turfa jarayonlarga hozirjavob munosabati, kutilmagan topilmalari bilan oʻquvchini oʻziga jalb qiladi.
Sobiq davlat maslahatchisi, OʻzASning chorak asrlik Bosh muharriri, turli boshqaruv idoralarida masʼul lavozimlarda ishlagan Ahmadjon Meliboyev ayni paytda Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashining aʼzosidir. Shuningdek, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri.
Yaqinda Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Akademiya Ahmadjon Meliboyevga akademik unvonini berdi.
Har toʻrt yilda bir marta adabiyot, madaniyat va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarga beriladigan mukofot bu yilgi tanlov natijalariga koʻra ustoz jurnalistga nasib etdi.