Onlayn-auksionlarning hafta natijalari eʼlon qilindi
Joriy yilning 7-oktyabr - 11oktyabr kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 167 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 65 ta obyekt sotildi.
Joriy yilning 7-oktyabr - 11oktyabr kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 167 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 65 ta obyekt sotildi. Bu haqida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati maʼlumot berdi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquq
Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 167 ta boshlangʻich narxi 668,9 mln.soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 57 mlrd. 553,8 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 706 ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 798,1 mln.soʻmga sotildi.
Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 3 905 ta boshlangʻich narxi 107 mlrd. 538 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 65 ta obyekt 19 mlrd. 533,2 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 97 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Davlat mulki obyektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 4 ta davlat mulki obyekti 2 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish, 52 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 4,0 mln. soʻmga sotildi.
Shu bilan birga, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari jami 9 ta baholangan narxi 9 mlrd. 43,9 mln. soʻm boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari 9 mlrd. 576,0 mln. soʻmga realizatsiya qilingan.
7 ta boshlangʻich qiymati 8 mlrd. 925 mln. soʻm boʻlgan davlat ulushlari 9 mlrd. 451 mln. soʻm qiymatida sotilgan.
Daryo oʻzanlari tozalash huquqi
Hafta davomida jami 2 ta boshlangʻich narxi 548,2 mln. soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Shu bilan birga hafta davomida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida 3 ta daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari 574,1 mln.soʻmga sotildi.
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 ta boshlangʻich narxi 10 mlrd. 106 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Metall qazib olish huquqi
Shu bilan birga, hafta davomida jami 4 ta boshlangʻich narxi 30 mln soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 39,7 mln. soʻmga sotildi.
Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 6 ta boshlangʻich narxi 45 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!