Onlayn-auksionlarning hafta natijalari
Joriy yilning 22-26 aprel kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 58 ta obyekt sotildi.
Joriy yilning 22-26 aprel kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 58 ta obyekt sotildi.
Davlat mulki obyektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidanushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 25 ta davlat mulki obyekti 8 7 mlrd 885 mln. soʻm investitsiya kiritish, 281 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 615 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari 18 ta obyekt sotuvga chiqarildi.


Yer uchastkalariga boʻlgan huquq
Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 21 mlrd. 166mln. investitsiya kiritish va 394 tadan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 757 mln. 600 ming soʻmga sotildi. Hafta davomida 59 yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.


Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 58 ta obyekt 12 mlrd 305,8 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 96 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jismoniy va yuridik shaxslar ham mol-mulklari ham realizatsiya qilinadi. Xususan, ushbu haftada 4 ta yuridik shaxslarning 9 ta boshlangʻich bahosi boshlangʻich bahosi 171 mln. soʻm boʻlgan avtotransport vositalari 255 mln.soʻmga sotildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan mol-mulk realizatsiyasi buyurtmachilar kutganidan yuqoriroq natija koʻrsatdi.
Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati