Mamlakatimizda onalar o‘limini oldini olish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktika qilish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 8 noyabrdagi "Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida" gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xovos tumani "Qahramon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 36-oilaviy poliklinikada Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘rik ham xuddi shu maqsadda o‘tkazildi. Unda 70 nafar homilador va fertal yoshidagi ayollar qamrab olindi. Ular malakali akusher-ginekolog va boshqa tor doira mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Eng muhimi reproduktiv yoshdagi ayollar UTT apparati yordamida tekshirilib sog‘lig‘ida muammosi bor ayollarga viloyat va tuman shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Tug‘ish yoshidagi ayollarga ambulator sharoitda o‘z hududidagi oilaviy poliklinikada davolanish, belgilangan tartibda oila shifokori hamda patronaj hamshira nazoratida bo‘lib turish yuzasidan maslahat va tavsiya berildi.

– Biz, bizning akusher-ginekolog va boshqa tor doira mutaxassislarimiz bu bilan cheklanib qolmaydi, – deydi Respublika aholi reproduktiv salomatlik marazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i, akusher-ginekolog Sayyora Boboyeva. – Chunki ona va bola salomatligi har doim  davlatimiz e’tiborida. Shu boisdan, belgilangan reja asosida har bir tuman va shahardagi tug‘ish yoshidagi ayollar, qizlar va bolalar salomatligi doimiy nazorat qilib boriladi.

Sh. Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onalar va bolalar salomatligi doimo nazoratda