Oʻzbek tilining Navoiy bobomiz ochib bergan goʻzalligi millatimiz qalbiga xos chiroyni, soʻz boyligi esa maʼnaviyatimiz xazinasini yaqqol ifoda etadi.

Oʻzbek tilining Navoiy bobomiz ochib bergan goʻzalligi millatimiz qalbiga xos chiroyni, soʻz boyligi esa maʼnaviyatimiz xazinasini yaqqol ifoda etadi. Shu bois ona tilimizni qadrlash tuygʻusi qonimizda, dilimiz tubida muqim.

Lekin zamon oʻzgargani sayin tilimizda ham lisoniy hodisalar sodir boʻlmoqda. Bu ijtimoiy ongimizda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq, albatta. Ana shunday jarayonlardan biri bu ona tilimizga xos katta boylikning keng omma eʼtiboridan chetda qolayotgani, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Misol tariqasida bir holatni keltiraylik. Ommaviy axborot vositalari,internet resurslari til manbalari hisoblanadi. Biroq, agar eʼtibor bersak, koʻp hollarda televideniye yoki radio orqali berilayotgan materiallar, internet saytlaridagi kontent tili juda joʻn, har bir tushunchaga talaygina sinonimlar bor boʻlsa ham, gohida bir xatboshida bir xil feʼl yoki sifatni koʻp bora takrorlanganini koʻramiz.

Buning sababini soʻrasangiz “mazmun eng oddiy oʻquvchi, tinglovchi, tomoshabin yoki tinglovchiga tushunarli boʻlishi lozim”, degan javobni eshitamiz.

Toʻgʻri, ommaviy axborot vositalari yoki internet resurslar orqali yetkazilayotgan maʼlumotlar keng ommaga tushunarli boʻlishi kerak. Lekin jurnalistlar, adabiyotchilar va umuman, ona tilimizdan kasb faoliyatida har kuni fodalanadigan odamlar oddiy insonlar darajasiga tushishi emas, balki ularning saviyasini koʻtarishi lozim.

Agar biz faqat mana shunday “amaliy” maqsadlar ortidan quvib, ona tilimiz soʻz boyligini hisobga olmay qoʻyadigan boʻlsak, xalqimiz maʼnan qashshoqlashmaydimi? Axir avvalo til bilan ishlaydigan, faoliyati aynan ona tili bilan bogʻliq boʻlgan insonlar uning boyligini saqlab qolish va asrlar davomida sayqal topgan jilosini keng ommaga yetkazishi kerak.

Vaholanki, hozir bu xayrli maqsadni amalga oshirish uchun imkoniyatlar har qachongidan ham bisyor. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari shu darajada kuchligi, ular juda qisqa muddatda inson ongini yo ijobiy, yo salbiy tomonga oʻzgartirib yuborishi mumkin. Shunday ekan, nima uchun biz bu imkoniyatlardan samarali foydalanmaymiz?

Afsuski, koʻp hollarda bunday savollar javobsiz qolmoqda. Savodsizlik, lugʻat boyligidan foydalanmaslik, qoʻpol soʻzlarning koʻpligi – bu jihatlarni kundalik soʻzlashuv uslubimizda qayd etmay, iloji yoʻq. Afsuski, tilning oʻzigagina nisbatan qandaydir choralar qabul qilish bu holatda yordam bermaydi. Toki biz oʻzimiz eshitayotgan nutqimizga nisbatan befarq boʻlib qolar ekanmiz, tilimizning bebaho boyligini saqlab qolish, uning rivojini taʼminlashga hissa qoʻsha olmaymiz.

Ona tilimiz taraqqiyoti bilan bogʻliq muammolarni hal qilishning eng samarali usuli – unga boʻlgan munosabatni oʻzgartirish, odamlarda uning butun boyligidan toʻliq foydalanishga ishtiyoq uygʻotish va shu orqali ular ongini mutlaqo boshqa, yuksak darajaga koʻtarishdan iborat.

Shu jihatdan mutolaa masalaning eng yaxshi yechimi ekanligi aniq. Aynan shu boisdan davlatimiz rahbari, yangi Oʻzbekistonni bapo etish jarayonining avval boshidanoq kitob oʻqishni ommalashtirish mavzusini koʻp bora koʻtardilar, bu borada anchagina amaliy choralar ham koʻrildi.

Toʻgʻri, insoniyat boshida turli sinovli kunlar bor. Bu yilgi pandemiya ham bunga misol boʻla oladi. Lekin mana shu imtihon ham shuni koʻrsatdiki, xalqimiz hali ham boʻlsa odamiylik, mehribonlik, oʻzaro hamjihatlik kabi qadriyatlarini saqlab qolgan, ular hali hanuz ongimizda, qalbimizda mustahkam.

Bu ham boʻlsa, avvalo, ona tilimiz, unga asrlar davomida shakllangan maʼnaviyatimiz tufayli, desak mubolagʻa boʻlmas. Zero, ona allasi bilan hayotimizga kirib kelgan, umrimiz davomida yoʻlchi yulduz, soʻnmas quyosh boʻlib yoʻlimizni yoritib kelayotgan tilimizni asrab avaylasak, uni yana-da rivojlantirsak, oʻzga yurtlarda faxr ila targʻib qilsak, biz, avvalo, maʼnaviyatimizni saqlab qolgan boʻlamiz.

Baxtigul Boʻtayeva,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilining soʻz boyligidan foydalanmaslik maʼnan qashshoqlikka olib boradi
Жамият
10:50 / 21:10:2020