Kuni kecha qabul qilingan Prezidentimizning “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi yangi farmoni tilimizni hayotga joriy etishning yangi rejalarini belgilab berdi.

Aks-sado 

Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishini anglatadi. Bu borada yurtimizda sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

2020-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʻzbek tili kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Unga koʻra, 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Davlatimiz rahbarining taʼbiri bilan aytganda, “Dunyo hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashni maqsad qilib qoʻygan har qaysi davlat, avvalo, oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi”.

Shu jihatdan Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimizning yangi tarixi, yangi taraqqiyot bosqichidagi ulkan voqea boʻldi.

Farmonga binoan Vazirlar Mahkamasi tarkibida tashkil etilgan yangi tuzilma – Davlat tilini rivojlantirish departamenti, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bugun deryali barcha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, hokimliklarda ish yuritayotgan maslahatchilar oʻz safiga taniqli tilshunoslar, adabiyotshunoslar, adiblar, jurnalistlar va boshqa sohalarning oʻzbek tili boʻyicha jonkuyarlarini birlashtirgani joylarda davlat tilini keng va izchil joriy etishda oʻz samarasini bermoqda. Oʻtgan qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar haqida gap ketganda, koʻpchilikning eʼtiborini tortgan muhim bir oʻzgarishni qayd etish oʻrinli. Shu paytgacha haqli eʼtirozlarga sabab boʻlib kelayotgan muammo – tashqi yozuvlar, jumladan, lavhalar, eʼlonlar, koʻrgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklamaga oid qonunlar talablariga mos kelmasligi bilan bogʻliq edi. Bu muammoga ham birin-ketin barham berilmoqda.

Hazrat Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”, deb bejiz aytmagan. Qolaversa, atoqli adibimiz Abdulla Qahhor ham “Nega koʻchada qoida buzgan kishiga hushtak chalinadi-yu, til buzganga hech kim indamaydi?” deya jonkuyarlik bilan ogohlikka chaqirgan edi. Chindan ham tilni buzib soʻzlaganni, xorijdan kirib kelgan, shevaga xos boʻlgan, hattoki jargonlar qorishib ketgan soʻzlarni shu qadar qorishtirib gapiradigan insonlar ham borki, ularga hech kim hech qanday chora koʻrmaydi.

Shuncha saʼy-harakatlarga qaramay hamon koʻchalardagi til tamoyillariga eʼtibor berilmagan ayrim eʼlonlar, firmalar, restoranlar, kafelar, xizmat koʻrsatish shoxobchalarining nomlanishidagi pala-partishliklar, eʼtiborsizliklar yoshlar ongiga salbiy taʼsir etib, tilga boʻlgan eʼtiborning susayishiga olib kelishini unutmasligimiz kerak. Bundan tashqari, poytaxtimiz aholisining, ayniqsa, yoshlarining odatiy soʻzlashuv tiliga ham eʼtibor qaratish kerak. Toshkent shevasining hatto ayrim tele va radio boshlovchilarning ham nutqiga singib ketgani, ularning efirda ham bemalol oʻz shevasida soʻzlashi uyatli holatdir. 

Ularning bu tarzdagi suhbati, chiqishlari ona tilmizning asta-sekin buzilib, qashshoqlashib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Chunki aksariyat yoshlar eʼtibordagi kishilardan oʻrnak olishadi. Buning sabablariga qiziqib koʻrsak, maʼlum boʻladiki, ularning bu tarzda soʻzlashishi oʻz-oʻzidan paydo boʻlmagan. Avval oilada, soʻng bogʻcha va maktablarda ana shunday gaplashish mumkinligiga koʻnikma hosil qilingan. Hatto poytaxt maktab oʻqituvchilarining ham aksariyati ana shunday shevada dars oʻtishini ham inkor etib boʻlmaydi.

Til – ijtimoiy hodisa, u zamon bilan hamnafas yashaydi. Shu bilan birga chetdan kirib kelgan yangi soʻzlar bilan boyib boradi. Bugun tilimizga bir qator yangi soʻzlar kirib keldiki, ular hayotimizga, ong-shuurimizga singib ketdi. Internet, gegabayt, bakalavr, magistr, kompyuter kabi soʻzlar bir necha yillar oldin yangi soʻz hisoblangan boʻlsa, bugun isteʼmoldagi soʻzga aylandi. Bugun esa simkarta, terrabayt, akkaunt, lazeyka, siti, press klub, videoselektr, koordinator kabi bir qator soʻzlar tilimizga, hayotimizga kirib kelmoqda. Tilni taraqqiyotdan ayro tasavvur eta olmaymiz, ammo undan oʻzni ayro koʻra olmaymiz. Qayga borsak, boshda doʻppi bilan oʻzbekligimiz anglashilgani kabi oʻzbek tilimiz bilan biz yana-da gʻururli boʻlamiz.

Til – millatning ruhi, davlat timsoli, dedik. Tilning egasi butun xalq ekan, uning sofligini saqlashda faqat masʼul idora vakillari, mutaxassislar emas, balki har birimiz bevosita javobgar ekanimizni unutmasligimiz kerak. Oʻzbek adabiy tilida soʻzlashni, eng avvalo, oiladan boshlash kerak, bolaning tili chiqayotgan paytdan boshlab unga oʻzbek adabiy tilida gapirishni oʻrgatish zarur. Ota-ona, aka-uka, opa-singil, umuman, kattalarning bolalar oldida oʻzbek adabiy tilida chiroyli, mazmunli gapirishi ularga kuchli va ijobiy taʼsir etadi. 

Shuningdek, oʻzbek adabiy tilida ravon, yoqimli, taʼsirchan gapira olish koʻp jihatdan televideniye, radioda xizmat qilayotgan mohir jurnalistlar, muxbirlar, haqiqiy sanʼatkorlar, suxandonlarning oʻz vazifasiga mehr-muhabbat, tilsevarlik, elparvarlik, vatanparvarlik masʼuliyati bilan yondashishi va bu boradagi beminnat, fidokorona xizmatlariga ham bogʻliq. Demak, oʻz tilimizda soʻzlaylik. Jadid allomalar aytganidek “ikki emas toʻrt til”ni bilaylik, ammo koʻcha-koʻyda tilimizga boshqa tillarni aralashtirib soʻzlab, oʻzimizni oʻzimiz sharmisor qilmaylik. 

Oʻz tilimizni mukammal bilish bilan bir qatorda, yana boshqa tillarni bilishimizni namoyon etaylik. Yurtga kelgan mehmonlar til biluvchi yoshlarga havas qilishsin, ammo sof oʻzbekcha soʻzlovchi oʻzbekni topolmay, hayron qolmasin. Chunki boshqa tillarni aralashtirib soʻzlash bodilikdan boshqa narsa emas. Shundagina ona tilimiz yana-da ravnaq topib, jahon miqyosida oʻz obroʻsini yana-da mustahkamlab boraveradi. Shoir aytganidek:

“Bu sado yangrar hamon,

Sira ado boʻlmaydi.

Olam aytar: Hech qachon

Ona tilim oʻlmaydi!”

Xoliyor Safarov,
jurnalist

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilim oʻlmaydi
Жамият
12:15 / 21:10:2020