Ona tili shunday zalvorli, zabardast, qudratli kuchga egaki, u millionlab qalblarni junbishga keltiradi, insonda iftixor, g‘urur hissini uyg‘otadi. 2020 yil 23 cyentyabr kuni mamlakatimiz siyosiy hayotida tarixiy voqea yuz bergan edi: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining o‘z ma’ruzasini ona tilimizda bayon etishi yuz yillik tariximizdagi nafaqat ijtimoiy, balki chuqur siyosiy hodisa hamdir. Mohiyat-e’tibori bilan bu chin ma’nodagi milliy davlat barpo etish yo‘lidagi harakat ortga qaytmas ekanligini bildiradi. Yuksak minbarlarda ona tilimizda so‘zlangan ma’ruza nafaqat O‘zbekistonda, balki butun turk dunyosida ulkan voqea sifatida iliq kutib olindi. 

Darhaqiqat, davlat tilini asrab-avaylash har millatning ham qo‘lidan kelmaydi. YUNESKO tomonidan nashr qilinadigan “Yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari atlasi”da yozilganidek, Yevropada 50 ta, Tinch okeani mintaqasida 200 ta til yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Afrikadagi 1400 ta tildan 250 tasi yaqin yillarda, 600 tasi kelajakda butunlay yo‘qoladi. Leypsig universiteti xodimi Baltazar Bikelyaning so‘zlariga ko‘ra, Kavkazda atigi 3-4 kishi so‘zlashuvchi tillar bor. Leypsigda bo‘lib o‘tgan lingvistlarning xalqaro anjumanida kam sonli xalqlarning tillari yo‘qolib ketishiga globallashuv jarayoni aybdor, degan xulosaga kelindi.

Moziyga nazar soladigan bo‘lsak, jahon tarixida hech bir millat yozuv borasida o‘zbek xalqidek musibatga uchramagan. Jumladan, xalq XX asrda uch marta imlo inqilobini boshidan kechirdi. Arab yozuvi VIII asrdan boshlab XX asrning 1929 yiligacha, eski turkiy (o‘zbek) yozuvi XI asrdan 1929 yilgacha qo‘llanilgan. Xalqimizning jahon tarixidagi eng sharafli, eng buyuk, eng o‘lmas ilmiy-ijodiy asarlari shu yozuvda bitilgani haqiqat. Imlo — millatning taqdiri, tarixiy merosning tili va kelajakning poydevori! Endi navbatdagi xatoga yo‘l qo‘yishga aslo haqqimiz yo‘q. Millat hayotini, ta’lim tizimini tajriba, sinovlarga sarflab, asl maqsaddan chekinmaslik kerak.

Til millatning asosiy belgisi ekan, unga ahamiyat bermaslik millatga, elga befarqlikdir. Milliy g‘ururi bo‘lgan inson esa o‘z ona tilida ravon so‘zlasha olishi va yoza bilishi shart. Qancha ko‘p til bilsangiz, shuncha yaxshi, lekin, birinchi navbatda, ona tilini yaxshi bilmoq zarur, ya’ni boshqa tillarni bilishimiz o‘z ona tilimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak.

Til taraqqiyotidagi muammo va ziddiyatlar Yevroosiyo mintaqasidagina emas, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uchraydi. Atrofni kuzatadigan bo‘lsak, hozirda qandaydir noodatiy shevada, ya’ni oxirigacha o‘rganilmagan o‘zbek tili, yoddan chiqib borayotgan rus tili, reklamalardagi ingliz tili va axborot-texnologiyalari virtual tilida so‘zlashuvchi kishilar paydo bo‘lmoqda. Unutmaslik kerakki, ona tiliga bo‘lgan har qanday ijobiy yoki salbiy munosabat muqarrar ravishda milliy g‘ururga, mentalitetga sezilarli darajada ta’sir etadi. Agar tilga e’tibor susaya boshlasa, o‘ziga xos nigilizm — “hech nima” — mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish kuchayadi, yoshlar o‘z ajdodlarining madaniy-tarixiy merosini unuta boshlaydi.

Ma’lumot sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘zbek tilini dunyo bo‘yicha 30 milliondan ko‘proq odam ona tili, deb biladi, ikkinchi til sifatida biladiganlar hisobiga bu son 50 millionga yetadi. Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘izistonda millionlab o‘zbeklar yashaydi, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiyada ham ko‘pchilik.

Bugungi islohotlarni e’tirof etish mumkinki, mumtoz adabiyotimiz, jumladan o‘zbek tiliga oid tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari to‘plami, 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” kabi kitoblar chop etildi. Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha fan oyligi, “Ona tilim — faxrim, g‘ururim”, “Til — millat ko‘zgusi” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazilayotgani va boshqa tadbirlar, “O‘zbek tili fanidan adabiy-ma’rifiy matnlar to‘plami”, “Nutq madaniyati” kabi qator qo‘llanmalar yaratilgani ta’lim tizimidagi ijobiy voqeadir. 

Nazarimizda, endi o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish, ona tili va adabiyot fanini rivojlantirish uchun ikki tillik so‘zlashuvlar lug‘atlarini chiqarish, bog‘cha, maktablarda to‘g‘ri, ravon so‘zlash madaniyatini shakllantirish kabi masalalar oldimizda turibdi.

2020 yil boshidan Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning qoshida Atamalar komissiyasi faoliyatini boshlagan edi. Vazirlik va idoralarda davlat tili bo‘yicha rahbar maslahatchilari lavozimi joriy qilindi. Bu ham ayni yo‘nalishdagi ijobiy qadamlardir. 

Til — doimiy o‘zgarib boradigan dinamik hodisa. Uning qadrini dildan his qilib, zamon ehtiyojlari hamda xalq tilidagi o‘zgarishlarga qarab doimiy ravishda yangilab borish zarurati mavjud. Ammo eng muhimini esdan chiqarmaylik, ota-bobolarimiz aytganidek, ona tili — millat ruhi va jamiyat uyg‘oqligining ko‘zgusidir.

Baxtiyor OMONOV,

O‘zbekiston Milliy universiteti professori,

siyosiy fanlar doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tili millat ruhi va jamiyat uyg‘oqligining ko‘zgusidir