Ön ming qadam piyoda yurganlar rağbatlantiriladi
“Ön ming qadam piyoda” aksiyasini amalga oşiriş va rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-martdagi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va tarğibotni jadallaştirişga oid kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan mazkur nizom aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, piyoda yuriş madaniyatini rivojlantiriş va kundalik jismoniy faollikni oşirişga qaratilgan.
«Ön ming qadam piyoda» aksiyasining asosiy şarti — bir yil davomida har kuni kamida 10 ming qadam yuriş. Iştirokçilar natijalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlar kesimida, şuningdek, respublika miqyosida alohida baholanadi. Respublika böyiça eng yuqori natijani qayd etgan 1–3-örin sohiblari qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.
Aksiya doirasida qadamlarni hisobga oliş, natijalarni şakllantiriş va reyting yuritiş uçun möljallangan axborot tizimi — maxsus platforma işga tuşiriladi. Platforma mobil ilova va veb-portal dasturiy mahsulotlaridan iborat böladi. Veb-portal aholiga soğlom turmuş tarzini tatbiq etiş, tarğibot va taşviqot işlarini taşkillaştirişda xizmat körsatuvçi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlarda platformada röyxatdan ötgan xodimlarning yuriş natijalariga köra, reytingini tuzuvçi dastur hisoblanadi.
Mobil ilova orqali platformada röyxatdan ötgan fuqarolarning qadamlari töğrisidagi maʼlumot veb-portalga integratsiya qilingan holda Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tomonidan körib boriladi.
Mobil ilovadan foydalaniş uçun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet dökonlaridan mobil ilovani yuklab olişi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS Google operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmasiga örnatişi lozim. Fuqaro mobil ilovadan foydalanişi uçun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvçilarini identifikatsiyalaşning yagona axborot tizimi (id.yegov.uz) orqali röyxatdan ötgan bölişi hamda autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oşirişi zarur.
Aksiyada şaffoflik va adolatni taʼminlaş maqsadida iştirokçilar natijalari tekşirib boriladi. Boşqa şaxs akkauntidan foydalaniş, yuguriş yölaklari, transport vositalari yoki maxsus texnikalar yordamida qadamlarni sunʼiy köpaytiriş taqiqlanadi. Qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda, iştirokçi aksiyadan çetlaştirilişi, natijalari bekor qilinişi va akkauntiga çeklovlar qöyilişi mumkin.
Taʼkidlaş lozimki, aksiya orqali nafaqat jismoniy faollikni oşiriş va soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş, balki yaşil hududlar va jamoat maskanlaridan samarali foydalaniş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş maqsadlari ham közda tutilmoqda.
Muhtarama Komilova,
ÖzA