Mamlakatimizning O‘mondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimi o‘tkazildi. Ushbu davlat Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston elchilari, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etgan tadbir qatnashchilariga yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – O‘mon aloqalari, jumladan joriy yil iyun oyida respublikamiz tashqi ishlar vazirining Maskatga ilk rasmiy tashrifi va erishilgan natijalar hamda 27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan Parlament saylovi haqida so‘zlab berildi.

Mezbon davlat TIV Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik departamenti rahbari Shayx Ahmad Al-Maskariy ham ikki davlat aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘mon O‘zbekiston bilan barcha sohalarda faol hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini bildirdi.

Yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongressda ishtirok etgan Sulton Qobus universiteti professori Soyif Al-Hodiy anjuman yuqori darajada tashkil etilganini e’tirof etish barobarida, O‘zbekiston zaminida yashab o‘tgan, Islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz ilmiy merosi beqiyosligini alohida ta’kidladi.

“Al-Vatan” markaziy gazetasi muxbiri Soud Al-Harsiy diyorimizda xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ijobiy ishlar – munosib turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy shaharlar barpo etish, boy tarixiy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni e’tirof etdi.

Qabul marosimi ishtirokchilari e’tiboriga O‘zbekiston turizm salohiyati haqida hikoya qiluvchi video rolik namoyish etildi. Mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, o‘zbek milliy taomlari ulashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘monda O‘zbekiston mustaqilligi bayrami nishonlandi