Yangi qonun

Oliy Majlis Senatining yaqinda o‘tkazilgan uchinchi yalpi majlisida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. 

Ushbu qonunga asosan endi kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lab berish uchun omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etiladi. Mazkur idora banklar bankrotlikka uchragan taqdirda omonatchilar mablag‘larini bankdan talab qilish huquqiga ega. 

Agentlikka juda katta vakolatlar beriladi, ular omonatlarning saqlanish kafolatlarini monitoring qilishadi. Xavf sezilganda omonatlarni egalariga qaytarish choralarini ko‘radi. Agentlik qoshidagi boshqaruv organi, ya’ni kengash mutlaqo mustaqil bo‘lib, uning ishiga kengash a’zolaridan boshqalarning aralashishga haqi yo‘q. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, yuridik shaxslarga, shu jumladan, banklarga Agentlik faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. 
Kengash tashabbusi va qarori bilan omonatlarni qaytarishni kafolatlash fondi joriy etiladi. Aytaylik, Markaziy bank tomonidan bankning litsenziyasi chaqirib olinsa, omonatchining mablag‘i tezkorlik bilan Agentlik tomonidan ana shu fond mablag‘laridan yechib olinishi ta’minlanadi. Bu esa bank-moliya tizimidagi barqarorlikni saqlab turishga xizmat qiladi. 

Agentlik banklardagi omonatlarning himoya qilinishini kafolatlash sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. U omonatlarni kafolatlash jamg‘armasini boshqaradi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan omonatlar bo‘yicha kompensatsiyalar to‘lashni uyushtiradi. Bu vakolatlarni amalga oshirishda u mustaqildir. 

Agentlik moliyaviy yordam ko‘rsatishi va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek, yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Agentlik aynan kafolatlangan omonatlar yuzasidan banklardan ularning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur bo‘lgan barcha axborotlarni, Markaziy bankdan esa bu yuzasidan bajarilayotgan ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli. 

Binobarin jamg‘arma mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda likvidlilikni ta’minlash uchun Markaziy bank tomonidan maqbul deb topilgan ta’minot asosida Markaziy bank bilan kredit shartnomalarini tuzishi mumkin. Darvoqe, Agentlik banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha banklarga ko‘rsatmalar yuborishga ham haqli. 

Umuman olganda, Agentlik va jamg‘arma bank kreditlarini kafolatlash bo‘yicha ayni paytda oldimizda turgan juda ko‘p muammolarga yechim topadi. Shuni aytish kerakki, bankning litsenziyasi chaqirib olinganda omonatlarni qaytara boshlash muddati qonunga ko‘ra, 7 ish kunigacha qisqaradi. Aniqroq qilib aytganda, bu muddatni qonun kuchga kirgan kundan boshlab 20 ish kuni, 2026 yil 1 yanvaridan 15 ish kuni va 2027 yildan boshlab esa 7 ish kuni qilish belgilangan. 

Yangi qonun banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash barobarida aholi omonatlarining ishonchli kafolati hamdir. 

Shavkat SHARIPOV, 

Oliy Majlis Senati a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Omonatni kafolatlash agentligi fuqarolarning banklardagi omonatlarini ishonchli himoya qiladi