Ömon bozorida Özbekiston mahsulotlari uçun maxsus pavilon oçiladi
Özbekiston meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni yangi bozorlarga olib çiqiş hamda xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlaş yölida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan şuğullanuvçi özbekistonlik tadbirkorlar Ömon poytaxti Masqat şahrida bölib turibdi.
Taşrif doirasida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi vakillari hamda eksportyorlar “Xazayen” iqtisodiy zonasida joylaşgan yirik “Silal” (Silal) meva-sabzavot bozori faoliyati bilan tanişdi. Unda bozor rahbariyati hamda “ErmakPlus”, “Angelsey Food” va “Uniagro Grup” kompaniyalari vakillari iştirokida muzokaralar ötkazildi.
Muloqot davomida Özbekiston qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Ömon bozoriga yetkazib beriş, uşbu mamlakat orqali Fors körfazi davlatlariga eksport hajmini oşiriş hamda yangi savdo hamkorlarini jalb etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlumotiga köra, muzokaralar yakunida özbekistonlik tadbirkorlar, xususan, “ErmakPlus” va “Uniagro Grup” korxonalari mahsulotlarini tarğib qiliş maqsadida “Silal” bozori hududidan maxsus savdo paviloni ajratiş böyiça kelişuvga erişildi. Unga köra, Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar uşbu pavilonda olti oy davomida xorijiy xaridorlarga namoyiş etiladi.
M. HOJIAKBAROVA,
ÖzA