O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar- moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanadi.

Ushbu qaror bilan belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablar kuchaytiriladi