Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga buxorolik fuqaro F.Fayziyev ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirish hamda buzilgan mehnat huquqlari bo‘yicha murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro F.Fayziyev “Buxoro futbol klubi” MCHJda 1990-2013 yillarda turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yil futbol klubi bankrot deb topilgan. Klub rahbariyati tomonidan “Buxoro FK” MCHJ o‘rniga “Buxoro PFK” MCHJ tashkil etilgan. Klub faoliyatini davom ettiravergan. Barcha klub xodimlari va futbolchilar to‘liq yangi tashkil qilingan klubga ishga o‘tkazilgan. Biroq, klub fuqaro F.Fayziyev oldida ish haqi va mukofot pullaridan 33.808.533 so‘m, xizmat safari xarajatlaridan 30.052.322 so‘m, jami 63.860.855 so‘m qarzdor bo‘lib qolgan.  

F.Fayziyev “Buxoro professional futbol klubi” MCHJda 2016-2018 yillarda menedjer lavozimida ishlagan. Ushbu davrda ham 23 oy uchun, har bir oyda 1.881.690 so‘mdan to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 43.278.870 so‘m oylik maosh pullari to‘lanmagan.  

Fuqaro F.Fayziyev bir necha marotaba O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi huzuridagi maxsus komissiyaga yozma ravishda murojaat etib kelgan. Maxsus komissiya fuqaro F.Fayziyevning arizasi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib kelgan bo‘lsada, “Buxoro PFK” MCHJ rahbariyati fuqaro Fayzullo Fayziyev oldidagi qarzlarni ma’lum muddatgacha cho‘zilishini va to‘lanishini ma’lum qilgan holda, kafolat xati berib, biroq amalda to‘lovlarni amalga oshirmagan.  

Murojaatchi arizasida, ish vaqtidan tashqari ham ishlagani sababli, sog‘lig‘i og‘irlashgani, hattoki, ish vaqtida oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay qolib, og‘ir ahvolda tibbiyot birlashmasiga olib ketilganida shifokorlar “Insult” o‘tkazganligini yozgan.  

Barcha hujjatlar o‘rganilgach, Ombudsman hozirda 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro F.Fayziyev manfaatiga to‘lanmagan ish haqi, xizmat safari xarajatlari va mukofot pullari va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritdi.  

Sud tomonidan Ombudsman da’vo arizasi qisman qanoatlantirildi. “Buxoro professional futbol klubi” MCHJdan da’vogar F.Fayziyev foydasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun jami 91 278 870 so‘m hamda ma’naviy zarar uchun 10 000 000 so‘m undirilishi bo‘yicha qaror chiqardi. Viloyat appelyatsiya sudi ajrimi bilan undiriladigan jami summa miqdori 104 million so‘mga oshirildi.  

Hozirda murojaatchiga 104 million so‘m mablag‘ undirib berilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman ko‘magida sobiq xodim muammosi hal bo‘ldi