Oltin narxi tarixiy rekordini qayd etmoqda
Dushanba kuni oltin bahosi 2011-yil sentyabrda oʻrnatilgan eng yuqori narxini yangiladi.
Dushanba kuni oltin bahosi 2011-yil sentyabrda oʻrnatilgan eng yuqori narxini yangiladi. Oʻshanda uning har unsiyasi uchun 1 ming 911,6 dollar berilgan edi.
Kuni kecha Nyu-Yorkdagi “Comex” birjasida oltinning avgust oyi uchun fyuchers narxlari har unsiyasi uchun 1 ming 911,7 dollar qilib belgilandi.
Kumushning sentyabr oyi fyuchers narxlari har unsiyasi uchun 23,405 dollar boʻldi.