Oltin narxi rekord darajaga chiqdi
Dushanba kuni oltin narxi yana ko‘tarilib, yangi rekord qayd etdi.
“AzerTAJ” xabar berishicha, qimmatbaho metallar moliyaviy bozorida noaniqlik kuchaygan. Endi investorlar oltinni sarmoya uchun xavfsizroq metall sifatida ko‘ra boshladi. Qolaversa, vaziyatga dollar zaiflashuvi ham muayyan ta’sir ko‘rsatdi. Ya’ni, boshqa valyutalarga nisbatan oltin arzonlashishi qimmatbaho metallga talabni oshirishi mumkin.
So‘nggi oylarda oltin bir necha bor rekordni yangiladi: troya unsiyasi (31,1 gramm) narxi 2911 dollardan oshdi. Mutaxassislar bu qiymat 3000 dollarga yetishini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha mamlakatlardan Amerikaga kirib borayotgan po‘lat va alyuminiyga 25 foiz boj joriy etilishini bildirdi. Dushanba kuni shu masalani tartibga soluvchi farmonni imzoladi.