Olti taekvondochi mamlakat chempioni bo‘ldi
Taekvondochi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kunida olti vaznda g‘oliblar nomi aniqlandi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport majmuasida o‘tgan bahslarda 49 kilogramm vaznda Madinabonu Mannopova, 58 kilogramm vaznda Ulug‘bek Rashitov, 62 kilogramm vaznda Feruza Sadiqova, 73 kilogramm bo‘yicha Svetlana Osipova, 74 kilogramm vaznda Shaxboz Tusmatov va 87 kilogramm vaznda Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Zarinabonu Irgasheva, Ozoda Murtozayeva, Lyudmila Popova, Dinora Muxtarova, Raxshona Tursunova, Maftuna Mamatazizova, Irodabonu Mirtadjiyeva, Ozodaxon Azamova, Sarvinoz Ahmedova, Nizomiddin Omonturdiyev, Abrorjon Abduvahobov, Kamron Toxirov, Faridun Boymurodov, Islomjon Adhamov, Mavlonbek To‘xtasinov, Shoxrux Rajabov, Marat Mavlonov, Javlonbek Sunnatillayev kabi sportchilar ham o‘z vazn toifalari bo‘yicha kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilishdi.


