Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli jurnalist, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Sharofiddin To‘laganovning “Olovlar yurti – Ozarbayjon” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida barcha jabhalarda, jumladan, madaniy-ma’rifiy sohada hamkorlik  rivojlanayotganini ta’kidladi.  

Sh.To‘laganovning yaqinda nashrdan chiqqan “Olovlar yurti – Ozarbayjon” kitobi ham bu boradagi ishlar mahsuli ekani alohida ta’kidlandi.

[gallery-22211]

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Husayn Guliyev, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, shoir va yozuvchi To‘lqin Eshbek va boshqalar  “Olovlar yurti – Ozarbayjon” kitobi mazmun-mohiyati, O‘zbekiston – Ozarbayjon xalqlarining do‘stlik aloqalari rivojlanib borayotgani xususida batafsil so‘z yuritdilar.

O‘zbek va ozarbayjon xalqlarining tili, an’ana va urf-odatlari juda yaqin. Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon mustaqil davlat sifatida bu madaniy rishtalarni umumiy qadriyatlar sifatida mustahkamlab kelmoqda.  

Jurnalist Sharofiddin To‘laganovning "Olovlar yurti - Ozarbayjon" nomli kitobida bu jihatlar ijodkorning xizmat safarlari davomidagi kuzatuvlari, tahliliy fikrlari, mavzuga batafsil va ijodiy yondashuvi asosida batafsil bayon etilgan.

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olovlar yurti - Ozarbayjon” kitobi taqdimoti o‘tkazildi