Buxoro viloyati Olot tumani “Qirtay” mahalla fuqarolar yig‘inida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi homiyligi asosida qurilgan 3 qavatli, 180 o‘ringa mo‘ljallangan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti “Rahmon Jamshid” MCHJ quruvchilari tomonidan 5 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar, mini futbol maydonchasi barpo etilgan.

Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan homiylik yordamida bolalar yoshiga mos bo‘lgan o‘yinlar va o‘yinchoqlar to‘plamlari, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur ko‘rgazma, tarqatma va didaktik materiallar, zamonaviy mebel, maishiy texnika, oshxona jihozlari bilan ta’minlandi.

Hozirgi kunda tumanda jami 3-7 yoshli bolalar soni 5 ming 326 nafarni tashkil etadi. 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3 ming 726 nafar, 1 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 100 nafar, 61 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 1 ming 500 nafar bola qamrab olingan. Qamrov 67,7 foizni tashkil etmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olotda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrov 67,7 foizni tashkil etmoqda