Ayni kunlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Shon-shuhrat mahallasida kogeneratsiya qurilmasini barpo etish ishlari 90 foizga yakunlandi.

Mazkur loyiha “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.  

Qurilmaning zamonaviy kogeneratsiya texnologiyasiga asoslangan quvvati elektr energiyasi uchun 1,2 MVt, issiqlik energiyasi uchun esa 6,4 Gkalni tashkil etadi.   

Loyiha doirasida qurilma ishga tushirilganidan so‘ng, hududdagi 18 ta ko‘p qavatli uy, 1 ta maktab, 1 ta ijtimoiy soha ob’ekti va bir qator tadbirkorlik sub’ektlari barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.   

Shuningdek, yil davomida 8 million kilovatt soat elektr energiyasi va 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyiha natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dhjFmvIXOOE" title="Olmazor tumanida kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hozirgi kunda qurilmani o‘rnatish ishlari yakunlanib, uni tarmoqqa ulash hamda sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.   

Nasiba Ziyodullayeva,

Anvar Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmazor tumanida kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda (+video)