Olmaotada "Qozoqfilm" xiyoboni yaratiladi
Olmaotada Qozog‘iston kinematografiyasi tarixiga bag‘ishlangan yangi jamoat makoni loyihasi ishlab chiqilmoqda.
“Kazinform” xabar berishicha, mazkur “Qozoqfilm” kinematografiya bog‘i sayr qilish, dam olish va mahalliy kino san’ati bilan tanishish uchun qulay zamonaviy maskan vazifasini o‘taydi. Majmua tarkibida bir necha mavzuli hudud tashkil etish nazarda tutilgan. Har bir bo‘lim mehmonlarni mahalliy kinematografiyaning turli davrlardagi rivojlanish tarixi bilan tanishtiradi.
Tashabbus doirasida sayr qilish uchun xiyobon, inter faol va multimedia installyatsiyasi, ochiq osmon ostida film namoyish etish uchun amfi teatr, bolalar maydonchasi va dam olish maskanlarini barpo etiladi.
– Qozog‘iston kinosi tarixini nafaqat vizual unsurlar orqali, balki zamonaviy inter faol shaklda ham taqdim etish mumkin, – deyilgan xabarda. – Shu tariqa mijozlar milliy kinematografiyaning rivojlanish yo‘li, mashhur asarlar va mamlakat madaniy merosi bilan qulay hamda zamonaviy tarzda tanishadilar.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA