Olmaotada Markaziy Osiyo, YeI va Afg‘oniston hamkorligi muhokama qilindi
Olmaotada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyodagi Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar va elchilarning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mamlakatdagi hozirgi vaziyatning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri muhokama qilindi.
Ishtirokchilar Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqboli bo‘yicha fikr almashib, mintaqaviy integratsiya masalasi, jumladan Markaziy va Janubiy Osiyoni Yevropa Ittifoqi bilan bog‘laydigan transport, logistika va tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish mavzusini ham ko‘rib chiqdilar.
Yig‘ilish yakunida tomonlar mintaqada osoyishtalik va barqaror rivojlanish manfaati yo‘lida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va BMT tuzilmalari o‘rtasidagi sheriklikni kuchaytirishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
S.Rahimov, O‘zA