Olmaota markazida tozalash ishlari olib borilmoqda
Dushanba kuni Olmaotadagi Respublika maydonida yonib ketgan avtomobillar tozalanmoqda, shikastlangan svetofor va yo‘l belgilari tiklanmoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.
Maydondan o‘tish joyi hamon ochilmagan, beton to‘siq bilan o‘ralgan. Nazarboyev ko‘chasi tomonidan politsiya guruhi navbatchiligi joriy etilgan. Piyodalar o‘tishiga ruxsat berilmayapti, suratga olish taqiqlangan. Bu holat hali davom etayotgan aksilterror operatsiyasi bilan izohlanmoqda.
Politsiya xodimlari vaqti-vaqti bilan maydondan o‘tayotgan mashinalarni to‘xtatib, transport vositasini, hujjatlarni ko‘zdan kechirmoqda.