AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva 2025 yilning 1-choragidagi ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, raqamlashtirish va ESG sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra,  kombinat tomonidan 6,6 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 105,1 foizga bajarilgan. Shu bilan birga, 1,7 milliard so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 2,3 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlandi va reja 134,4 foizga uddalandi. Mis katodi ishlab chiqarishda prognoz 101,4 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati 101,7 foizni tashkil etdi. O‘z xomashyosidan mis ishlab chiqarish 118,4 foiz, rux ishlab chiqarish 102,7 foiz darajasida amalga oshirildi. Shuningdek, mis kuporosi, emallangan missimlar, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish rejalari to‘liq bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida eksport prognozi 105,4 foizga  bajarilib, 101,7 million dollarlik mahsulotlar xorijga yetkazib berildi. Asosiy eksport qilingan mahsulotlar qatoriga mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, kadmiy va texnik tellur kiradi. Yangi bozorlarni o‘zlashtirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2025 yilda Isroil va Marokash kabi mamlakatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. 

1-chorakda mahalliylashtirish dasturi doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va reja 104 foizga bajarildi. Ushbu  mahsulotlardan 364,2 ming dollarlik qismi eksportga yo‘naltirildi.

Importni qisqartirish hisobiga 11,6 million dollarlik valyuta tejaldi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalari doirasida 436,8 milliard so‘mlik xarid amalga oshirilib, reja 125 foizga bajarildi.

Kombinatda investitsiya dasturlari ham samarali amalga oshirildi. 1-chorak yakunlariga ko‘ra, 205,4 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 102,1 foizga ado etildi. Ulardan 105,4 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan.

2025 yilda  21 ta raqamlashtirish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi chorakda 8 ta loyiha amalga oshirildi. Ular orasida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, boshqaruv tizimini optimallashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar mavjud. Jumladan, “E-Metrologiya” axborot tizimi joriy etildi va 46 mingta o‘lchov asboblari bazasi yaratildi. 2900 foydalanuvchining elektron pochtalari himoyalandi. 5000 ta qurilma monitoring tizimi (NAC) orqali nazoratga olindi.

2025 yil fevral oyida “Sustainable Fitch” agentligi tomonidan “Olmaliq KMK”ga ESG Entity Rating “3” darajasida 56 balli reyting berildi. Bu ko‘rsatkich  kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasi, ijtimoiy va ekologik mas’uliyatga yondashuvini ifoda etadi. Ushbu reyting respublikadagi barcha kon-metallurgiya korxonalari ichida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Kombinat  fevral oyida ISO 50001:2018 xalqaro standarti talablariga muvofiq deb topilib, sertifikatga ega bo‘ldi. Bu hujjat energiya resurslaridan oqilona foydalanish va xarajatlarni kamaytirishda muhim o‘rin tutadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olmaliq KMK” AJ 1-chorakda barcha ishlab chiqarish prognozlarini ortig‘i bilan bajardi