Olma-otada karantin yana kuchaytirilmoqda
Qozogʻistonning Olma-ota shahri maʼmuriyati koronavirus infeksiyasining tarqalishiga barham berish uchun qoʻshimcha karantin cheklovlarini joriy qilmoqda.
Qozogʻistonning Olma-ota shahri maʼmuriyati koronavirus infeksiyasining tarqalishiga barham berish uchun qoʻshimcha karantin cheklovlarini joriy qilmoqda. Megapolisda yirik magazinlar, bozorlar yopiladi, jamoat transportlari toʻxtatiladi, deb maʼlum qildi shahar hokimiyati matbuot xizmati.
20-21-iyun kunlarida poytaxtda va yana bir qator shaharlarda ham xuddi shunday choralar joriy qilingani haqida aytilgan edi. Juma kuni Nur-Sulton shahri maʼmuriyati matbuot xizmati shaharda karantin cheklovlari 27-28 kunlari joriy qilinishi haqida xabar bergan edi.
Poytaxtda odamlar ommaviy toʻplanadigan joylar yopiladi, jamoat transportlari toʻxtatiladigan boʻldi. Shahar aholisiga faqat apteka va yaqin oradagi oziq-ovqat doʻkoniga yoki kasalxonaga borib kelishga ruxsat beriladi, xalos. Qolgan paytda uyda oʻtirish majburiy hisoblanadi.