O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlariga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy xo‘jalik sudining sudyalari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, videokonferensaloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar xo‘jalik sudlari sudyalari va prokuratura xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi K.Komilov boshqargan majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni shu yo‘nalishda qabul qilingan navbatdagi muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

Konstitutsiyamizning 44-moddasida har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlangan. Fuqarolik kodeksiga asosan da’vo muddati – shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.

Da’vo muddatiga oid normalarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti tahlili ushbu masalada tushuntirish berilishini taqozo etmoqda. Plenum majlisida “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatini qo‘llashga oid normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash yuzasidan xo‘jalik sudlariga aniq tushuntirishlar berilgan. Sud tomonidan ishlarni ko‘rishda da’vo muddatini qo‘llash asoslari va uni hisoblash tartibi, da’vo muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi, qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari, da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza berish tartibi, da’vo muddatining o‘ta boshlashi, to‘xtatilishi va uzilishi kabi masalalar shular jumlasidandir.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlariga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi. Unda ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining o‘z protsessual huquqlaridan to‘laqonli va o‘z vaqtida foydalanishi, ularga qulaylik va yengillik yaratish, bu borada ularning haq-huquqlari tushuntirilgan.

Aytish joizki, protsessual muddatlar fuqarolarning huquqlarini sud yo‘li bilan himoya qilishda rioya etilishi lozim bo‘lgan muddatlardir. Shu jihatdan har bir protsessual harakatni amalga oshirishga doir qat’iy muddatlar qonunda belgilab qo‘yilgan. Sudlarning bunga qat’iy rioya etishi qonuniylikni ta’minlash, protsess ishtirokchilarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlaydi. Qaror loyihasida xo‘jalik sudlarining protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash, muddatlarni to‘xtatib turish, tiklash va uzaytirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etishi, nizolarni qisqa muddatda ko‘rib chiqishi, sud hujjatlarini o‘z vaqtida ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborishi lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Plenum majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy xo‘jalik sudi plenumi majlisi