So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish, ta’lim faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ta’lim xizmatlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyasi tarmoqqa xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari ilg‘or tajribasini yanada kengroq joriy qilish, ular bilan yaqin sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ta’lim sohasiga chet el investitsiyasini jalb etish uchun qulay shart-sharoit yaratishni taqozo etmoqda. Toshkentda AQSHning Vebster universitetini tashkil etish loyihasi ham ayni talablar asosida amalga oshirildi.

18 fevral kuni mazkur ta’lim dargohida bo‘lib o‘tgan taqdimotda universitetda yanada inklyuziv, qayishqoq va shaffof tarzda ta’lim berish imkoniyatlari namoyish qilindi. Tadbir oliy o‘quv yurtining videokonferensaloqa vositalari bilan to‘liq jihozlangan ma’ruza xonalaridan birida tashkil etildi.

Namoyish davomida talabalarning bir qismi o‘quv xonasida o‘qituvchi yonida joylashdi, qolganlar esa “Zoom” dasturi orqali darsga qo‘shildi.

Dars jarayonida taqdimotni barcha birdek kuzatib bordi, o‘qituvchilar bilan talabalar muayyan vaqtda savol-javob uyushtirdi. So‘ngra talabalar gibrid o‘quv xonalarida o‘tilgan darsdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’lim olishning gibrid formatida, talabalar faqat leksiyada ishtirok etishdan tashqari, dars haqida yozib olingan videoni qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular shu paytning o‘zida guruh topshirig‘i bilan ham shug‘ullanadi yoki berilgan mavzuni guruhdagilar yordamida muhokama ham etadi.

Garchi, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim rivojiga aynan pandemiya kuchli turtki bergan bo‘lsa-da, jahonning ayrim universitetlari shunga o‘xshash texnologiyani ancha avval qo‘llay boshlagani ma’lum. Xususan, Vebster universiteti ham onlayn tartibda ta’lim berish hamda mavjud kurslarni elektron tarzda boshqarish (World Classroom) tajribasiga ega. Toshkentdagi Vebster universiteti ham karantinning birinchi kunidanoq dars soatini kamaytirmasdan, barcha talabalar uchun o‘qishni masofaviy shaklga o‘tkazdi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim berishning gibrid formati talabalarga qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar xalqaro darajada ta’lim olish imkonini beradi. Zero, bunda ta’lim olish sifati ham, o‘qituvchi va guruhdoshlar bilan birgalikda harakat qilish imkoniyati ham saqlanib qoladi.

Dars namoyishidan keyin universitet rahbariyati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi. Brifingda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Ma’lumot uchun: Vebster universiteti 1915 yilda nodavlat oliy ta’lim maskani sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi AQSHning Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida joylashgan. Hozirgi kunda universitet 9 mamlakatning 62 shahrida faoliyat olib bormoqda.

Jami talabalar soni 1200 nafarni tashkil etadigan Vebster Toshkent universiteti mazkur oliy ta’lim muassasasining AQSHdan tashqaridagi eng yirik filialidir.

bugungi kunda bu yerda biznesni boshqarish, iqtisodiyot, media kommunikatsiya, xalqaro aloqalar va axborot tizimlarini boshqarish yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda gibrid shakli namoyish qilindi