Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida yetakchi oliygohlardan biri sanalgan Namangan davlat universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelganligi ta’kidlanib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.

Mazkur muhim vazifalarni bajarish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan ko‘plab xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bu jarayonlar o‘zining kutilgan natijasini berib, hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga undamoqda. Namangan davlat universitetining Turkiyaga uyushtirgan ikki kunlik tashrifi ham bu borada g‘oyat samarali bo‘ldi. 

Dastavval Istanbul shahridagi Aydin universitetida olib borilgan muzokaralar natijasida har ikki oliygohning rivojlanish strategiyalari va o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar kelishib olindi. Turkiyaning tez rivojlanayotgan oliygohlaridan Istanbul Aydin universiteti 40 gektar hududda joylashib, 12 ta fakultet, ikkita kollej, uchta kasb-hunar maktabi, statsionar davolanish klinikasi va tez tibbiy yordam markazlari mavjud. Universitetda hozir 40 mingdan ziyod talabalar tahsil oladi, ularning 7 mingga yaqini xorijliklar. Uch mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars beradigan oliygohda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish borasida salmoqli yutuqlarga erishilgan, ya’ni 36 ta ilmiy-tadqiqot markazi va 165 ta laboratoriya mavjud. 

Istanbul Aydin universitetiga tashrifning ilk kunida o‘quv-uslubiy jarayonlarini tashkil etish va raqamlashtirish, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird tizimi, ta’limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro integratsiyasi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha tajribalar o‘rganildi. 

Jumladan, sog‘liqni saqlash xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan tibbiyot fakultetida amaliy mashg‘ulotlarning borishi, anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, molekulyar biologiya, farmatsiya yo‘nalishlari va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishildi. 

Shuningdek, fakultet qoshidagi “Tez tibbiy yordam markazi” hamda “VM Mediapaprk” klinikasi faoliyatini o‘rganish asnosida, ularda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, nazariya va amaliyotning uyg‘unligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tijoratlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samarasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘z navbatida, universitet qoshida faoliyat olib borayotgan texnomarkaz va inkubatsiya markazlarining tashkiliy tuzilmasi, yangi innovatsion ishlanmalar va ularning amalda qo‘llanilishi, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari atroflicha o‘rganildi. 

Tashrif davomida Istanbul Aydin universiteti jamoasiga Namangan davlat universitetida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari, tibbiyot, kompyuter injiniringi, biznes boshqaruvi, xalqaro huquq kabi yo‘nalishlarda bakalavrlar, magistrlar tayyorlanayotgani hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha ham kadrlar o‘qitilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan memorandumga ko‘ra, endilikda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiyot, kompyuter injiniringi, biznes boshqaruvi, xalqaro huquq yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilinadi. Istanbul Aydin universiteti va Namangan davlat universiteti o‘rtasida har ikki universitet talabalari uchun binar o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Istanbulda namanganlik professor-o‘qituvchilar uchun qisqa va o‘rta muddatli malaka oshirish kurslari ochiladi. 

Namangan davlat universitetining “Til o‘rganish markazi”da hamkorlikda “Turk tili markazi” tashkil etiladi va turk tilini bilish darajasini belgilovchi Aydin Tomer imtihoni o‘tkaziladi. Namangan davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sobitxon Turg‘unov boshchiligidagi delegatsiyaning o‘zaro tajriba almashishi hamkorlikda ta’lim, ilm-fan sohasida o‘zaro manfaatli sherikchilik loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan Turkiya safari davomida jumhuriyatning birinchi raqamli oliygohi – O‘rta Sharq texnika universiteti bilan o‘zaro strategik sherikchilik asosidagi aniq reja va mexanizmlar aks etgan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Universitet nafaqat Turkiyada, balki butun jahonda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, “QS” xalqaro reytingida 336-o‘rin, “THE” xalqaro reytingida 351-400 o‘rinda e’tirof etilgan. 17 gektar maydonida qad rostlagan “Texnokent” universitetning “tashrif qog‘ozi” hisoblanadi. Uning tarkibidagi 400 dan ortiq shirkatda 15 mingga yaqin ilmiy izlanuvchi faoliyat olib boradi. Bu maskanda bugungacha 5 milliard dollar miqdorida texnologiya eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, birgina shu yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatgich 400 million dollarni tashkil etgan. 

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi O‘rta Sharq universitetining tashkiliy tuzilmasi va funksional vazifalari, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar, professor-o‘qituvchilar, mahalliy va xorijiy talabalarga yaratilgan sharoitlar, axborot-resurs markazi, fakultetlar va ularda o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabalar turarjoylari, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ikki universitet tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, tashkiliy tuzilmalarni ixchamlashtirish, moddiy-texnik bazani yanada kuchaytirish, xalqaro aloqalar borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. 

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi hamda O‘rta Sharq texnika universiteti prezidenti Mustafo Vershan Ko‘k, uning o‘rinbosarlari va hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarga mas’ul soha vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar va ularning natijasi, ayniqsa, Namangan davlat universitetiga moliyaviy, akademik hamda tashkiliy-boshqaruv yo‘nalishlarida berilgan mustaqillik va uning imkoniyatlari, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar haqidagi ma’lumotlar O‘rta sharq texnika universiteti tomonidan yuqori baholandi. 

Uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan hamda bugungi kunda kadrlarga bo‘lgan o‘tkir ehtiyoj, mehnat bozori va iste’molchi sohalar talablaridan kelib chiqib, aniq va qat’iy kelishuvlarga erishildi. Xususan, endilikda har ikki universitetda “2+2” dasturi bo‘yicha – kimyoviy texnologiya, molekulyar biologiya va genetika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va “1+1” dasturi bo‘yicha – kimyo texnologiyasi, mikro va nanotexnologiyalar, kiberxavfsizlik va biznes boshqaruvi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi. Ushbu yo‘nalish va mutaxassisliklar doirasida ikki oliy ta’lim tashkiloti hamkorligida qo‘shma fakultet tashkil etiladi. 

Mavjud ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tarkibiga tomonlarning yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilari kiritiladi va kelgusida qo‘shma ixtisoslashgan ilmiy kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Universitetlarning strategik maqsadlari uyg‘unligi va hamkorlik istiqbollarining natijaviyligi har ikki delegatsiya tomonidan yuqori baholandi va strategik hamkorlikka asoslangan memorandum imzolandi. 

Ta’kidlash joizki, Namangan davlat universitetining Turkiyaga amaliy tashrifi aniq va manfaatli maqsadlarni o‘zida mujassam etdi. Xalqaro hamkorlik nafaqat universitetda ta’lim sifatining yanada oshishiga, balki mamlakatimiz ilm-fan sohasi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shishi, shubhasiz. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim: xorijiy hamkorlik rivojlanmoqda