Ta’lim — barcha sohalar rivojiga asos bo‘luvchi, mamlakat taraqqiyotini ta’minlovchi eng muhim soha. Shu bois ham yurtimizda ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’limga ega kadrlar safini ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari oshirildi, ko‘plab xususiy ta’lim maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.  

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshchiligida  Renessans ta’lim universiteti tomonidan “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 17 ta mamlakatning 70 dan ziyod yetakchi olim va mutaxassislari, xalqaro universitetlar rektorlari, shuningdek, mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda xalqaro tajriba almashish, ta’lim transformatsiyasi, innovatsion yondashuvlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, moliyalashtirish va boshqarish kabi masalalar qizg‘in muhokama qilindi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Renessans ta’lim universiteti 2022 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida sifatli ta’limni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda universitet 3 ta fakultet, 10 ta kafedra va 32 ta ta’lim yo‘nalishiga ega. Ta’lim muassasasi Indoneziyaning maxsus reytingida yuqori o‘rinni egallagan.

Konferensiyada dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi hamda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi ma’ruzasi o‘qib eshittirildi.  

Shundan so‘ng, oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash hamda sohadagi ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi xonim hamda YUNESKOning ta’lim masalalari bo‘yicha mutaxassisi Baxtiyor Namozov ma’ruza qilib, O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Shuningdek, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari qizg‘in ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Xususan, Jon Xopkins (AQSH) universiteti vakili onlayn tarzda taqdimot qildi. Drezden universiteti vakilining chiqishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Finlandiya ta’lim tizimi bo‘yicha mutaxassislar tashrifi anjuman ko‘lamini yanada oshirdi. Ishtirokchi davlatlar vakillari bugungi O‘zbekiston oliy ta’limiga katta qiziqish bildirib, uni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qator takliflar berdi.  

Konferensiya doirasida oliy ta’lim transformatsiyasi trendlari, innovatsion ta’lim yondashuvlari va texnologiyalari, oliy ta’limda tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, oliy ta’lim tizimini moliyalashtirish va boshqaruv kabi yo‘nalishlardagi seksiyalarda muhokamalar tashkil etildi.

Anjuman doirasida mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari faol muloqotlar olib bordi. Konferensiya oliy ta’limni transformatsiya qilish va xalqaro tajribani joriy etish, yangi ilmiy-amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l ochish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylandi. Unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ishlab chiqilgan takliflar va o‘rnatilgan yangi hamkorlik aloqalari mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishda, o‘zaro tajriba almashishda muhim o‘rin tutadi.  

<iframe width="674" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/umjrcvr0M2Q" title="Oliy taʼlim rivojida xorijiy tajriba va innovatsiyalarning ahamiyati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,

Nishon Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim rivojida xorijiy tajriba va innovatsiyalarning ahamiyati (+video)