Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi vakolatxonasi hamkorligida axborot-metodik seminari o‘tkazildi. Ushbu vakolatxona Yevropa komissiyasining oliy ta’lim sohasiga oid dasturlarini taqdim etish barobarida loyihalarda ishtirok etayotgan mahalliy hamkorlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bugungi kunda oliy ta’limda salohiyatni oshirish bo‘yicha 63 ta loyiha yo‘lga qo‘yilgan.

NDKTUda o‘tkazilgan seminarda Navoiy va Buxoro viloyatlaridan oliy ta’lim muassasalari vakillari, “Erasmus+” oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (CBHE) guruhi a’zolari hamda Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (HEREs) loyihalari vakillari ishtirok etdi. Seminar doirasida “Erasmus+” loyihalari imkoniyatlari, 2025 yil uchun mo‘ljallangan loyihalar va eng yaxshi tajribalar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

[gallery-21395]

- Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan mazkur dasturlar asosan professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, Yevropa ta’lim tamoyillarini joriy etish bilan bog‘liq, - deydi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti prorektori Shuhrat Aliqulov. - Ayni paytda bizning universitetda 1 ta “Erasmus+” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu konchilik sohasini barqaror rivojlantirishga oid bo‘lib, shu asosda “Konchilik ishi” va “Noyob va radioaktiv rudalarni qazib olish va qayta ishlash” magistratura dasturlarida Yevropa ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Loyiha samarasida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish salohiyatiga ega va atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish bo‘yicha takliflar bera oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlanadi. 

Seminar davomida ishtirokchilar Erasmus+ Milliy ofisi vakolatxonasi mas’ullari va loyihalar menejerlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/A8QkJYtkveg" title="Oliy ta’lim rivojida xalqaro hamkorlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim rivojida xalqaro hamkorlik (+video)