O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishi uchun maqsadli tayyorlash ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, bu asosda reytinglarga kirishini ta’minlash asosiy vazifa etib belgilangan.
2017 yildan boshlab har yili Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining Milliy reytingi e’lon qilib borilmoqda.
Xalqaro tajribalarga ko‘ra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh mezoni, bu — akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar sifatiдир.
Bu ko‘rsatkichlar professor-o‘qituvchilarning yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalar chop etishi, iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish, ta’lim-fan-ishlab chiqarishning o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim inspeksiyasi hamda mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:
oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi;
ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatini doimiy monitoring qilib borish yo‘lga qo‘yildi;
ish beruvchilarning milliy so‘rovnomasi joriy etildi;
Yevropa oliy ta’lim sifati kafolati tarmog‘i (ENQA), Xalqaro ilmiy nashriyot uyi (Elsevier) hamda nufuzli xalqaro reyting agentliklari (QS-Quacquarelli Symonds, THE-Times Higher Education) ekspertlari bilan bevosita hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Natijada, oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari tahliliga ko‘ra:
ilmiy salohiyat so‘nggi besh yilda o‘rtacha 6,1%ga oshdi: 2017 yil – 30,3%, 2018 yil – 34,0%, 2019 yil – 34,1%; 2020 yil – 34,5%; 2021 yil – 36,4%;
ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyati jonlandi va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olgan daromadlari 2017 yildagi 49,7 mlrd. dan 2021 yilda 236,1 mlrd. so‘mga yetdi (5 barobarga oshgan);
fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor o‘qituvchilar soni 2790 nafarga (o‘tgan yilda 2477 nafar), fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor o‘qituvchilar soni 9992 nafarga (o‘tgan yilda 8710 nafar) yetdi;
dunyoning nufuzli 1000 talik ro‘yxatiga kiruvchi OTMlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor o‘qituvchilar soni 497 nafarga (o‘tgan yili 450 nafar) yetdi;
nufuzli xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,5 баробарga oshdi, 19981 ta bo‘ldi.
xorijiy talabalar soni 21,1 foizga ko‘paydi va 5768 nafarga yetdi.
IJOBIY O‘SISH...
Ijobiy o‘sish ko‘rsatkichlari milliy oliy ta’lim muassasalarimizning xalqaro reytingdagi o‘rniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning natijalari yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston milliy universiteti QSning «Matematika» sohasida erishgan natijalariga ko‘ra reytingida dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatoridan o‘rin oldi. Times Higher Education tomonidan 2022 yil uchun e’lon qilingan Osiyo universitetlari reytingiga10 ta oliy ta’lim muassasalarimiz kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, "Times Higher Education"ning BMT tomonidan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarining ta’sirini baholashga qaratilgan 2022 yil uchun "THE Impact Rankings"dan 30 ta oliy ta’lim muassasamiz o‘rin oldi.
QSning Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingidan O‘zbekiston milliy universiteti, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Samarqand davlat universiteti o‘rin oldi.
FILIALLAR REYTINGI
So‘nggi ikki yil davomida OTMlar filiallari reytingi ham tuzilmoqda. Bundan maqsad – filiallarning ta’lim sifatiga bo‘lgan hisobdorligini oshirish va mehnatlarini rag‘batlantirish.
Filiallar reyting natijalariga ko‘ra top-5 talikda:
Yuqori o‘rinlarni«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti Buxoro filiali, TATU Urganch va Samarqand filiallari, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali, O‘zMU Jizzax filiali egalladi.
So‘nggi o‘rinlarda Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer va Shahrisabz filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus va Toshkent filiallari qayd etildi.
Joriy yilning 26 sentyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi va akademik litseylar reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Unda oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ta’lim-fan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, ularning xalqaro reytinglarda munosib o‘rinlarini egallashiga ko‘maklashish hamda rektor va prorektorlarning mas’uliyati va lavozimga munosibligi yuzasidan alohida choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir davomida ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi ham e’lon qilindi. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizdagi bitiruvchisi mavjud bo‘lgan 65ta akademik litseylar faoliyati samaradorligi tahlil qilinib, ta’lim sifati bo‘yicha milliy reytingi tayyorlandi (2021 yil faoliyat yakunlari bo‘yicha).
Akademik litseylarda таълим sifatiga baho berish to‘rtta muhim yo‘nalishda 7 ta indikator asosida amalga oshirildi:
- akademik litsey raqobatbardoshligi (akademik litseyga qabulda talabgorlar soni);
- bitiruvchilar erishgan yutuqlar va natijalar (bitiruvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, nufuzli fan olimpiadalari va musobaqalarda erishgan natijalari, bilim darajasi);
- pedagoglarning sifat darajasi va salohiyati (xorijda nufuzli oliygohlarni bitirgan o‘qituvchilar ulushi, ilmiy salohiyat va sertifikatga ega o‘qituvchilar);
- ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit (5 ta tashabbus doirasida erishilgan yutuqlar).
Yakuniy natijalarga ko‘ra umumiy reytingda yuqori o‘ntalikdan quyidagi akademik litseylar o‘rin oldi:
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining "International House-Tashkent”, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseylari;
Reytingdagi so‘nggi o‘rinlarni esa mos равishдаToshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseylari egalladi.
Reyting natijalari bo‘yicha uzluksiz 3 yil davomida ta’lim sifatiga oid ko‘rsatkichlarida salbiy dinamika kuzatilgan so‘nggi 5 ta o‘rindan birini egallab kelgan akademik litseylar boshqa oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga o‘tkaziladi yoki boshqa turdagi ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi.
O‘zA