O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda oliy ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, kirish imtihonlarining tashkil etilishi va qabul parametrlari bilan bog‘liq masalalar haqida ma’lumot berildi.  

- 2021-2022 o‘quv yili uchun umumiy qabul kvotasi 170 ming 655 nafar etib belgilangan, – dedi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov. – Barcha abituriyentlarni quvontirgan yangiliklardan biri, ushbu o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida qabul kvotalari 25 foizga oshirildi. Shuningdek, davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat OTMlari uchun ham shakllantiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etishlari bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.  

- bugungi kunda abituriyentlar uchun OTMlar to‘g‘risida, ulardagi qabul kvotasi haqida barcha ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan, – dedi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. – Shuningdek, maktab bitiruvchilari uchun attestat olish jarayoni soddalashtirildi. Bitiruvchilarning attestatlari DTM bazasiga yuklangan, ular onlayn hujjat topshirish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, xalq ta’limi tizimida OTMlarga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan maktablarning soni uchdan bir foizga qisqardi. Maktablarda abituriyent shtablari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda har bir bitiruvchiga OTM tanlashiga va ularga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlariga ko‘maklashadi. Shuningdek, maktablarda internetdan muammosi bo‘lgan bitiruvchilar uchun hujjatlarini topshirish imkoniyati ham yaratilgan. Bu ishlarning barchasi maktab bitiruvchilariga yengillik yaratish maqsadida olib borilmoqda.  

– Bu yilgi qabul jarayonida o‘tgan yilga o‘xshab 22 iyundan 22 iyulgacha elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tiladi, – dedi Davlat test markazi direktori Majid Karimov. – O‘tgan yilga nisbatan bu yil imkoniyatlar yangilangan. Hozirda test markazi tomonidan 40 mingta imtiyozlar turi turli vazirlik va tashkilotlardan shakllantirib bo‘lindi. Abituriyentlarimiz vazirlik va tashkilotlarga borib, imtiyoz hujjatini tasdiqlatib o‘tirmaydi, qabulda bitiruvchining ma’lumotlari kiritilganda uning imtiyozlari chiqib keladi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq OTMlarga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari, qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.  

Bundan tashqari, matbuot anjumanida magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bosqichlari, xorijiy OTMlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi, ijodiy imtihonlar va bir qator sohaga oid boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.  

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida qanday o‘zgarishlar bor?