Ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim sohasidagi islohotlar, aytish mumkinki, jahon andozalariga mos, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan ilmli yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatni safarbar etishga qodir bo‘lgan, azmu shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun muhim masaladir”.

Yoshlarimizda vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida olib borilayotgan ishlar samarasini Navoiy davlat pedagogika instituti misolida ham ko‘rish mumkin.  

Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’lim taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Keyingi yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida bir qator ijobiy o‘zgarishlar, yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ta’lim yo‘nalishlari soni kengayib, bakalavr yo‘nalishida 28 taga, magistratura mutaxassiliklari 17 taga yetdi. Hozir institutda jami 15 582 nafar yosh tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari qabul kvotalari ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib o‘tgan yil qabul rejasiga nisbatan 30 foizga oshirilib, kunduzgi ta’lim shakliga 3589 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 1722 nafar, 8 ta ta’lim yo‘nalishida kechki ta’lim shakli tashkil etilib 394 nafar hamda magistraturaga 201 nafar talaba o‘qishga qabul qilish rejalashtirildi.

Ma’lumki, bugungi global miqyosda ro‘y berayotgan inson salomatligi masalasi tibbiy ta’limga ham yanada e’tibor qaratish zaruratini yuzaga keltirdi. Shu bois, institutimizda 2021-o‘quv yilidan e’tiboran yangi tibbiyot fakulteti (2 ta tibbiyot ta’lim yo‘nalishi “Davolash ishi” va “Pediatriya”) hamda “Ijtimoiy ish” sirtqi ta’lim yo‘nalishlari ochildi.

Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy maqsadi bu – maktabgacha–maktab va oliy ta’lim hamkorligidir. Institut jamoasi bu borada ham qator amaliy ishlarni yo‘lga qo‘ygan. Umumta’lim maktablari reytingida ta’lim sifatini oshirish maqsadida viloyatdagi qator maktablarga pedagogik xodimlar biriktirildi. Maktablarda o‘quvchi-yoshlarning fanga qiziqishlarini oshirish, oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashni ko‘zda tutib, institutning professor-o‘qituvchilari maktablarda kimyo, biologiya, tarix, matematika va boshqa fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga to‘garaklar tashkil etib, ularni bitiruvchilari oliy ta’limga kirish bo‘yicha tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqdi.

Institut olimlari tomonidan 20 dan ortiq innovatsion ishlanmalar yaratilib, 550 million so‘m hajmdagi 5 ta ilmiy-innovatsion loyiha hududiy ishlab chiqarish muammolari yechimi bo‘yicha moliyalashtirish dasturiga kiritilganining o‘zi ta’limning amaliyot bilan uzviyligi, yangilanayotgan zamonaviy texnologiyalarni hayotga tadbiqi bilan bog‘liq.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida oliy ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “O‘zgarishlar akademiyasi” nomli umumiy qiymati 200 ming funt sterling bo‘lgan xalqaro grant loyihasi bajarilmoqda. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 10 dan ortiq professor-o‘qituvchi institutning o‘quv jarayoniga jalb qilinayotgani institutda hamkorlik ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat.

Institut respublikamizning turli viloyatlariga yetuk pedagog kadrlar yetkazib berish bilan birga qo‘shni mamlakatlarga ham bilimli yoshlarni zamonaviy fan yutuqlarini egallagan holda yetkazib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.  

Jamiyat rivojini ilm-fanda qo‘lga kiritilayotgan kashfiyotlar, yutuqlar belgilaydi. Keyingi yillarda institut professor-o‘qituvchilari ham bu borada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Joriy yilning o‘zida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Institutda ilm-fan bilan shug‘ullanadigan yoshlarga barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ustoz-shogird an’anasi asosida tadqiqotlar olib bormoqda.

Institutda “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik” tadqiqot markazi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 24 ta kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni olib bormoqda. Institut kafedralarini o‘z ichiga oluvchi 18 ta innovatsion guruhi ishlab turibdi. Innovatsion guruhlar Xalq ta’limi vazirligiga tegishli o‘quv muassasalar bilan 36 ta, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashkilotlari bilan 22 ta, viloyat tashkilotlari bilan 11 ta o‘zaro innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  

Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Yangi O‘zbekiston, yangicha dunyoqarash” shiori ostida viloyatdagi 229 ta mahallada institutning professor-o‘qituvchilari “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy tamoyili” asosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi. Bundan tashqari Navoiy shahridagi 10 ta mahallaga institut biriktirilgan bo‘lib, uyushmagan va band bo‘lmagan yoshlar bilan samarali ishlar olib borilmoqda.  

Jamiyat va insoniyat taraqqiyoti ta’lim va fan rivojiga bevosita bog‘liq. Shu ma’noda, bugun Navoiy davlat instituti misolida yurtimizda ta’limga, ilm-ma’rifatga berilayotgan e’tiborni yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etayotgani va shunga mos keng ko‘lamli ishlar qilinayotganini ta’kidlash lozim.

 Mamlakatimiz azaldan ilm-fan o‘chog‘i bo‘lgan. Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy butun dunyo tan oladigan mashhur daholar, buyuk allomalarga beshik bo‘lgan. Hali bu yurt yoshlari orasidan dunyo taniydigan ilmli, ziyoli yoshlar ko‘plab chiqishiga umidvormiz.  

Bahodir Sobirov,

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim: istiqbolli islohotlar