O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tizimda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan videoselektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari, barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi.

1O6A2650.JPG

Seminar Prezidentimizning joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi doirasida o‘tkazildi. Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni asosida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.

Seminarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar, “Yo‘l xaritasi”ning 7 ta bo‘limi, ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan so‘z yuritildi. Shuningdek, vazirlik tomonidan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi.

1O6A2660.JPG

Shu bilan birga, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi yuzasidan umumiy ma’lumot berib, unda belgilangan har bir vazifa ijrosini o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarish, shuningdek, qo‘mitaga beriladigan axborotni puxta tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

Seminar yakunida bu muhim masalada belgilangan vazifalarni bajarishda hamma mas’ul ekani yana bir bor qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim tizimi “Korrupsiyasiz soha”ga aylanishi kerak