Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Senatning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Navro‘z Boboqulovich Rahmanov, Abdunosir Abduhamidovich Egamberdiyev, Zoir Omonovich Rustamov, Abduvohid Abduqodirovich Qosimov va Hasan Sunatillayevich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
O‘zA