O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudyalar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etdi.

Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov boshqargan yig‘ilishda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida keng qamrovli huquqiy-tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilgani alohida qayd etildi.

Sud mustaqilligi va odil sudlov institutini yanada mustahkamlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash borasidagi islohotlarni qat’iy davom ettirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilishda Oliy sud plenumining bir qator qarorlari muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbarining 8 maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq sud amaliyotida Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha zarur asoslarni yaratish maqsadida yagona sud amaliyoti to‘g‘risidagi Oliy sud plenumi qarorini qabul qilish belgilandi. 

Shu maqsadda «Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi plenum qarori ishlab chiqildi. 

Unda Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi haqidagi qoida, uning normalari barcha qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustun turishini inobatga olib, sudlar ko‘rib chiqilayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ hujjatning mazmunini baholashi va zarur hollarda Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy asos sifatida qo‘llashi lozimligi yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.  

Sud hujjatlarida huquqiy asos sifatida birinchi navbatda, qoida tariqasida, Konstitutsiyaning tegishli normalariga va undan keyin yuridik kuchiga qarab boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, basharti sohaviy qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya normalariga zid bo‘lgani aniqlansa, faqatgina Konstitutsiya normalariga asoslanilishi lozimligi qayd etildi.

Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda, ayniqsa, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni firibgarlik jinoyatlaridan farqlashda anglashilmovchiliklar kelib chiqayotgani tufayli hamda qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi plenum qarori yangi tahrirda ishlab chiqildi. 

Reabilitatsiya – bu asossiz jinoiy ta’qibga uchragan shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashdir. Biroq, reabilitatsiya etilgan shaxslarga yetkazilgan ziyonni qoplash va ularning boshqa huquqlarini tiklashda nafaqat sudlarda, balki bu masalaga doir mutasaddi idoralarda ham yillar davomida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani sababli “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi yangi plenum qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unda ilk bor aynan kimlar reabilitatsiya qilingan shaxs, deb hisoblanishi, qaysi hollarda yetkazilgan mulkiy ziyonlar to‘la hajmda qoplanishi va boshqa muhim tushuntirishlar berib o‘tilgan.

Intellektual mulkni rag‘batlantirishga doir normalar Asosiy qonunimizdan o‘rin olgan. Intellektual mulk ob’ektlari muhofazasini ta’minlash bilan birga ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni  takomillashtirish  davr talabidir. Shu maqsadda sudlar tomonidan bu boradagi da’vo arizalari, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda turlicha yondashuvlarning oldini olish va sud amaliyotini birxillashtirish zarurati mavjud. Shu sababli Oliy sud plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqildi. 

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr - mulohazalari tinglandi. Kun tartibiga kiritilgan plenum qarorlarining dolzarbligi inobatga olinib, barchasi majlis qarori bilan tasdiqlandi. Qabul qilingan plenum qarorlari uchrayotgan muammoli masalalar bartaraf etilishi va yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: odil sudlov,  firibgarlik, reabilitatsiya va intellektual mulkka oid plenum qarorlari qabul qilindi