Oliy sud axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, o‘tgan yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid 4 ming 392 ish bo‘yicha taraflar yarashtirilganligi munosabati bilan shuncha oila saqlab qolinishiga erishilgan.

Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish yuzasidan 80 mingga yaqin ish bo‘yicha talablar qanoatlantirilib, aliment pullarini undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

2024 yilda sudlar tomonidan nizo hal etilishining muqobil usullarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda taraflarga mediatsiya instituti tartib-taomillari batafsil tushuntirib berilayotgani tufayli 3 ming 238 iqtisodiy va 3 mingdan ziyod fuqarolik nizo taraflar o‘rtasida mediativ kelishuvlar tuzilgani sababli tamomlangan.

Ma’muriy sudlar tomonidan o‘tgan yilda birinchi instansiyada advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish hamda tugatishga oid 95 ish ko‘rib chiqilgan. Natijada 50 ta advokatlik litsenziyasini to‘xtatib turish va 13 ta advokatlik litsenziyasini tugatish haqida qarorlar chiqarilgan.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: 4 ming 392 ish bo‘yicha taraflar yarashtirildi va shuncha oila saqlab qolindi