Qozog‘iston Respublikasining eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining boshqaruv raisi – rektor Janseyit Tuymebayev 18 may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni institut rektori Quvondiq Qodirov rahbarligidagi tegishli mutasaddilar tantanali ravishda kutib olishdi.

Oliy o‘quv yurtining iqtidorli talaba-yoshlaridan tuzilgan “Siy perde” va “Baldauren” ansambllari a’zolari ijrosidagi milliy qo‘shiqlar, ko‘p millatli ahil jamoa ramzi bo‘lgan milliy ko‘rgazma qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

– Bu mening Qoraqalpog‘iston Respublikasiga birinchi kelishim. Nukus shahri menda alohida taassurot qoldirdi, institutning yangi binosi ham juda chiroyli va zamonaviy ekan. Ayniqsa, men bu yerda bir necha millat vakillarining ahillikda, o‘zaro do‘stona munosabatlarda ta’lim olayotganini ko‘rib havas qildim. Bizning universitetimiz ham Markaziy Osiyoda zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lgan, mutaxassislar tayyorlashda ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O‘ylaymanki, tashrifimiz ushbu yo‘nalishdagi hamkorligimizda amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi, – dedi Qozoq milliy universiteti rektori Janseyit Tuymebayev.

Shundan so‘ng mehmonlar institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyida bo‘lishdi. Oliy o‘quv yurti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan shoirning avlodlar shajarasi, shuningdek, u yashagan davrga oid kitoblar, qimmatli qo‘lyozmalar, tarixiy buyumlar va kiyim-kechaklarning ko‘rgazmalari bilan tanishishdi.

Al-Farobiy universiteti rektori muzeyning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining ezgu tilaklarini yozib qoldirdi.

So‘ngra mehmonlar institut o‘quv laboratoriyalarida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Ular bu yerda talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berib, kelgusidagi hamkorlikda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Tashrif jarayonida rektorlar va institutning tegishli mas’ullari rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida har tomonlama hamkorlik rivojlanib, strategik ittifoqchilik va do‘stlik munosabatlari yanada mustahkamlanib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Ta’kidlanganidek, bunday hamkorlik doirasida oliy ta’lim sohasida ham yangi yo‘nalishlar ochish hozirgi davrning asosiy talabi hisoblanadi. Dunyoning nufuzli reyting tashkilotlari tomonidan “TOP-163”talik ro‘yxatga kiritilgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bir necha yillardan buyon samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, joriy yilning fevral oyida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

[gallery-23447]

Uchrashuvda memorandum doirasida talabalar almashinuvi va ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, institutda Al-Farobiy universitetining markazini ochish, xalqaro va mahalliy grant loyihalarida professor-o‘qituvchilarning hamkorlikda ish olib borishi kabi masalalar bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Tadbir yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari, jumladan, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Yetakchi universitet yilnomasi” nomli kitobning qoraqalpoq tiliga tarjimasi topshirildi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy o‘quv yurtlari hamkorligi davom etmoqda