Qarshi shahrida yangidan barpo etilgan oliy harbiy taʼlim muassasasi – Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ochilishi hamda kursantlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Qarshi shahrida yangidan barpo etilgan oliy harbiy taʼlim muassasasi – Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ochilishi hamda kursantlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov, viloyat hokimi Zafar Roʻziyev, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda yangi oʻquv maskaniga Prezident sovgʻasi - “Jentra” yengil avtomobili va “Isuzu” avtobusi topshirildi. Shundan soʻng kursantlar harbiy qasamyodni qabul qilishdi.

25 yillik tarixga ega bilim yurti havo hujumlaridan mudofaa qoʻshinlari va hvrbiy havo kuchlari uchun 7 ta yoʻnalish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Zamonaviy oʻquv korpusi, amaliy mashgʻulotlar va trenajer xonalari bilan taʼminlangan maskanda yuksak mahoratli mutaxassislar yetishib chiqishi uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Tadbir davomida harbiy havo kuchlari tomonidan havo paradi va aviatsiya texnikalarining amaliy uchishi namoyish etildi.

photo_2019-09-01_19-40-06.jpg

photo_2019-09-01_19-40-04.jpg

photo_2019-09-01_19-40-14.jpg

photo_2019-09-01_19-40-21.jpg

photo_2019-09-01_19-40-25.jpg

photo_2019-09-01_19-40-40.jpg

photo_2019-09-01_19-40-41.jpg

photo_2019-09-01_19-40-44.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari qasamyod qabul qildi
Фото
20:05 / 01:09:2019