Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Birgalikda farovonlik va barqaror rivojlanish sari o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzusidagi “Markaziy Osiyo – Xitoy” tahlil markazlari IV forumi bir necha sessiyada o‘z ishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Masalan, “Markaziy Osiyo va Xitoy rivojlanishning hozirgi bosqichida: umumiy kelajakka yo‘naltirilgan hamkorlik” mavzusidagi yig‘ilish taraqqiyotning joriy holatini baholash va kelgusi istiqbolini belgilashda alohida ahamiyat kasb etdi.

– Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligi bo‘yicha yangi mexanizm yaratishga muvaffaq bo‘ldik, – dedi XXR Davlat kengashi qoshidagi Yevropa va Osiyo ijtimoiy rivojlanish instituti direktori Li Yunsyuan. – To‘g‘ri, davlatlar aro munosabatning shakli ko‘p. Binobarin, Markaziy Osiyo va Xitoy hamkorligi formati o‘ziga xos. Xitoy boshqa davlatlar ichki siyosatiga aralashmay, birgalikdagi taraqqiyot rivojida qatnashadi, siyosiy, iqtisodiy xavfsizlikni ko‘zlaydi. Iqtisodiy kooperatsiya aloqasini yanada yaxshilaydi. O‘zaro ishonch, ichki manfaatga hurmat bilan qarash tamoyiliga e’tibor bilan yondashadi. Ko‘plab davlatlar pandemiya bilan kurashgan murakkab davrda O‘zbekiston taraqqiyot sari sezilarli ildamladi. Hamkorlik – muammoni birgalikda hal etish ham, demak. Bizning hamjihatligimiz umumiy taraqqiyot uchun g‘oyat muhim.

– Bugun dunyo shiddat bilan o‘zgarayotgan bir paytda yetakchlik “aql markaz”lari faoliyati davlat rahbarlari tashabbuslarida, sa’y-harakatlarida o‘ziga xos tarzda aks etmoqda, – dedi Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar milliy instituti direktori Sanjar Mukanbetov. – Biz uchun yaxshi qo‘shnichilik aloqalaridan bo‘lak maqbul strategiya yo‘q. Sharq donishmandligi insoniyat sivilizatsiyasida doim muhim o‘rin tutgan. “Olisdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal”, degan umumiy naqlimiz bor. Xullas, “aql markazlari” hamkorlikni kuchaytirishning eng qulay yo‘llarini topishi kerak. Har bir davlat kuchli bo‘lishga intilsa, mintaqa ham taraqqiyot sari odimlaydi.

Sessiya ishida Markaziy Osiyo va Xitoy tahliliy markazlari mutasaddilari, olimlar va ekspertlar mavzuga doir qiziqarli ma’ruzalar asosida munozara, muhokamaga kirishdi.

Nazokat Usmonova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olisdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal