Olimpiyachilarimiz Ispaniyadan Turkiyaga koʻchdi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi aʼzolari 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazdi.
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi aʼzolari 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazdi.
Yigʻin mobaynida futbolchilarimiz Shveysariyaning “Delemon” jamoasi bilan durang (2:2) oʻynashgan boʻlsa, Tbilisining “Lokomotiv” jamoasi 3:2 hisobida magʻlub etilgandi.
Kecha Lyubinko Drulovich shogirdlari Ispaniya yigʻinini yakunlab, Turkiyaga yetib bordi. Endi vakillarimiz 3 martga qadar mashgʻulotlarni shu mamlakatda davom ettiradi.
Turkiyadagi yigʻin doirasida olimpiyachilarimiz nazorat-sinov oʻyinida ham maydonga tushishi rejalashtirilgan. Chunonchi, 27 fevralda futbolchilarimiz “Istambul Bashakshehir” klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yigʻin 3 martgacha davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi kelgusi yil Tailandda oʻtadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Saralash bahslari shu yil 22-26 mart kunlari Toshkentda oʻtkaziladi. Unda Osiyo chempionati yoʻllanmasi uchun Lyubinko Drulovich shogirdlari Tojikiston, Hindiston va Pokiston olimpiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.