O‘zbekiston sport delegatsiyasi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1-avgust kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga jo‘nab ketdi.

Shu munosabat bilan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, sport jamoatchiligi vakillari, sportchilarning ota-onalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi M.Usmonov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V.Tyan va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor professional sportchilarni tarbiyalashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Buning samarasida sportchilarimiz nufuzli musobaqalar – Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida yuqori natijalarga erishayotir.

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish, unda o‘z Vatani sharafini himoya qilish har bir sportchining eng ezgu orzusidir. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sportchilarimiz mazkur nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan bu galgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, trampolin, o‘q otish, erkin va yunon-rum kurashi kabi qator sport turlari bo‘yicha bahslashadi.

Prezidentimizning 2016-yil 12-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi va ishtiroki to‘g‘risidagi qarori olimpiyachilarimizning to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida munosib qatnashishini ta’minlashga xizmat qiladi.

– Xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda, xususan, Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan har bir sportchi ortida o‘zini shunday yuksak darajaga yetkazgan Vatani, xalqi turganini, ularning ishonchini oqlash burchi ekanini chin dildan his qiladi, – deydi stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zohid Kenjayev. – Mana shu tuyg‘u biz, sportchilarga kuch-quvvat va ishonch bag‘ishlaydi. Biz Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

– Sportchilarimiz erishayotgan yuksak natijalar mamlakatimizda mahoratli sportchilarni tarbiyalash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani samarasidir, – deydi taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kim. – Ishonamizki, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz o‘z mahoratini namoyish etib, hech kimdan kam emasligini va kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotlaydi. Olimpiyachilarimiz xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik shodiyonasiga munosib sovg‘alar tayyorlashi shubhasiz.

– Biz, sportchilar uchun davlatimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarish eng katta baxtdir. Xalqaro maydondagi g‘alabalarimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, davlatimiz madhiyasi yangrashiga bor kuch va salohiyatimizni ishga solamiz, – deydi yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yekaterina Voronina.

Sportchilar nomidan so‘zga chiqqan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Soib Qurbonov va Gulnoza Matniyozova, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ivan Yefremov Prezidentimiz rahnamoligida sportni riovjlantirish, sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Olimpiya o‘yinlarida xalqimiz va Prezidentimizning ishonchini oqlashga, Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga munosib sovg‘a bilan qaytishga va’da berdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rio-de-Janeyro shahriga “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining maxsus samolyotida jo‘nab ketdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiyachilarimiz Braziliyaga jo‘nab ketdi