«Olimpik-MobiUz» «Şörtan»ni yenğib, Superliga sari ilk qadamni taşladi
Proliga pley-offida muvaffaqiyat qozongan jamoa 12-dekabr kuni Superliga vakiliga qarşi hal qiluvçi uçraşuvda iştirok etadi.
Futbol böyiça 2027-yilgi Superliga mavsumida iştirok etiş huquqini qölga kiritiş uçun Proliga jamoalari örtasida pley-off bahslari boşlandi.
Birinçi bosqiç doirasida Ğuzorning «Şörtan» klubi öz maydonida Toşkentning «Olimpik-MobiUz» jamoasini qabul qilib, 1:2 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Uçraşuvning 4-daqiqasida Javohir Bahodirov mehmonlarni oldinga olib çiqdi. 18-daqiqada Nodirbek Mukarov muvozanatni tiklagan bölsa, 68-daqiqada Ravşanbek Abdumannonov tomonidan kiritilgan gol «Olimpik-MobiUz»ga keyingi bosqiç yöllanmasini taqdim etdi.
Endilikda toşkentliklar 5-dekabr kuni «Metallurg» – «FarDU» juftligi ğolibiga qarşi maydonga tuşadi. Mazkur jamoalar örtasidagi bahs 28-noyabr kuni soat 14:00 da Bekobodda ötkaziladi.
Proliga pley-offida muvaffaqiyat qozongan jamoa 12-dekabr kuni Superliga vakiliga qarşi hal qiluvçi uçraşuvda iştirok etadi.
Ma'lumot uçun, Proliga çempionligini qölga kiritgan Nukusning «Orol» klubi 2027-yilgi Superliga yöllanmasini muddatidan oldin naqd qilgan.
Superligaga ötiş öyini. 1-bosqiç.
«Şörtan» – «Olimpik-MobiUz» 1:2.
Gollar: Nodirbek Mukarov (18) – Javohir Bahodirov (4), Ravşanbek Abdumannonov (68).