Olimpiadaga yana ikkita yo‘llanma
Taekvondo (WTF) bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Taekvondo (WTF) bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida hindistonlik Navjet Mann, iordaniyalik Anas Aladarbi, finalda Xitoy Taipeyi vakili Vei-Ting Liuni mag‘lubiyatga uchratgan Nikita Rafalovich musobaqaning oltin medali va Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida vazni 67 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bahsida Nigora Tursunqulova gongkonglik Ming Chan, iordaniyalik Julyana Al-Sadek ustidan zafar quchdi va Olimpiadada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.