Olimpiada-2020: Kim kim bilan o‘ynaydi?
Bugun Tokio Olimpiadasining futbol o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, Olimpiadada 16 jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi. Qit’amiz sharafini Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari himoya qilishadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘llanma oladi.
Qur’a natijalari:
A guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika, Fransiya;
V guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras, Ruminiya;
S guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina, Avstraliya;
D guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-d'Ivuar, Saudiya Arabistoni.
Olimpiadaning futbol o‘yinlari 21 iyuldan 7 avgustgacha davom etadi.