Olimlar “James Webb”teleskopi yordamida K2-18b deb nomlangan sayyora atmosferasida tirik organizmlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalarni aniqlashdi. Bu moddalar Yerdagi dengizdagi mikroskopik jonzotlar – fitoplanktonlar tomonidan hosil qilinadi.
Shu sababli, olimlar ehtimol, bu sayyorada ham hayot bo‘lishi mumkin deb o‘ylashmoqda. Lekin ular hali "hayot topdik" deb aniq aytishmayapti, faqat hayot alomati bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalarni ko‘rishganini aytishmoqda. Tadqiqot rahbari bu holatni: “Quyosh tizimidan tashqarida hayot izlashdagi katta bir qadam” deb atadi.
K2-18b – Yerga qaraganda 8 baravar og‘irroq, diametri 2,5 baravar katta sayyora. U Quyoshga o‘xshash kichikroq yulduz atrofida aylanishda davom etadi va bu yulduz bizdan 124 yorug‘lik yili uzoqda joylashgan.
Olimlar bu sayyora suyuqlik (suv) bilan qoplangan, vodorodga boy havo qatlamiga ega va ehtimol mikroorganizmlar yashashi mumkin bo‘lgan joy deb o‘ylashmoqda. Oldin ham bu sayyorada metan, karbonat angidrid va hatto suv bug‘lari topilgan edi.
Biroq, olimlar hali hech qanday shoshilinch xulosa qilishni istamayapti. Ular bu topilmalarni yana bir bor tekshirish, boshqa sabablardan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ham aniqlashtirish kerakligini aytishmoqda. Chunki hech kim “hayot topdik” deb erta bayonot berishni xohlamaydi.
Yana bir qiziq yangilik: boshqa bir tadqiqotda olimlar g‘alati orbitaga ega sayyorani ham topishdi. Bu sayyora o‘z yulduzlari atrofida odatdagidan butunlay boshqacha – tik holatda aylanadi. Bu kabi orbitali sayyora ilgari hech qachon aniqlanmagan edi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/gfJNr7oPtJU" title="Olimlar huddi Erga o`xshash sayyorada hayot belgilarini aniqlashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Agar boshqa sayyorada hayot aniqlanib, u yerga ko‘chish imkoni bo‘lganida siz ko‘chib ketarmidingiz, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Keyingi sonlarda ko‘rishguncha, xayr salomat bo‘ling.
Iroda Jo‘rayeva, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA