So‘nggi paytlar Quyosh faolligining yangi davri boshlanayotgani haqida xabarlar tarqay boshladi.

Xo‘sh, Quyosh portlab ketishi mumkinmi? Bu savolga Rossiya fanlar akademiyasi Koinotni tadqiq qilish instituti direktori Anatoliy Petrukovich “RIA Novosti”ga bergan intervyusida javob berdi.  

Portlash ehtimoli juda oz, chunki Quyosh harakati muntazam nazoratda, deydi olim.

Uning ta’kidlashicha, "bunday ehtimol juda oz. Termoyadro reaktori sifatida Quyosh holati muntazam ravishda hisoblab boriladi va tekshiriladi".

Shu bilan birga, olimning qo‘shimcha qilishicha, masalan, qo‘shni yulduzlardan birining portlashi Quyoshga halokatli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quyosh turgan joy galaktikaning eng tinch qismi hisoblanadi. Nazariy jihatdan portlashi mumkin bo‘lgan bizga eng yaqin yulduz ham o‘nlab yorug‘lik yili narida joylashgan. Bunday moviy gigant jimslar rivojlanishning shunday bosqichida-ki, portlashiga hali juda uzoq vaqt kerak bo‘larkan.

Quyoshga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa mexanizmni ko‘z oldimizga keltirish juda mushkul, shu bois boshqa har qanday bashorat ilmiy tafakkurga asoslanmaydi.

Olimning aytishicha, Quyosh hozircha o‘z hayotining yarmini yashadi va yuzlab million yillardan keyingina qizib ketib, Yerga xavf sola boshlaydi.

"Bizning yulduzimiz “tug‘ilganda” hozirgidan ancha sovuq edi. Vaqt o‘tgan sayin qizib borayotgan yulduzning nur sochish oqimi ortmoqda. Zamonaviy tushuncha bilan izohlaganda, Quyosh sayyoramizga yuz millionlab yillardan keyingina tahdid sola boshlaydi. Ya’ni o‘shandagina oftob taralayotgan nur oqimi Yerdagi iqlim uchun ko‘plik qiladi", — deydi mutaxassis.

Insoniyatda ushbu muammoni hal etish, masalan, atmosferani boshqarish yoki Yerni tark  etib, boshqa sayyoraga uchib o‘tish uchun yetarli vaqt bor.

Quyosh paydo bo‘lganiga taxminan 4,5 milliard yil bo‘ldi va yana shuncha vaqt ayni holatda turadi.  

“Bu yulduzlar hayotining oddiy jarayoni. Quyosh umrining oxirgi bosqichiga yetganda qizil gigantga aylanadi, kengayadi va ehtimol, Yerni yutib yuborishi ham mumkin”, deydi koinotshunos olim.

Faollik mavzusiga to‘xtalarkan, olim yaqin o‘n yilda Quyosh faolligi juda past bo‘lishi hamda magnit bo‘roni soni kamayishini ta’kidladi.

"Navbatdagi quyoshli davr shu oydan boshlanadi. Olimlar umumiy fikricha, biz Quyosh faolligining past davriga kirdik. Tabiiyki, magnit bo‘roni ham nisbatan kam uchraydi". Magnit bo‘roni quyosh faolligi pasaygan davrda Yerga kam ziyon yetkazadi, biroq galaktik koinot nurlanishi oshadi. "Bu Yer uchun unchalik muhim bo‘lmasa-da, sayyoralararo parvoz uchun sezilarli zarar yetkazadi", - deya izoh berdi olim.

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar Quyosh portlashi ehtimoli qay darajada ekaniga baho berdi