| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Olimlar olmaning miyaga foydali xususiyatini aniqladi

Olma va boshqa mevalarda uchraydigan fitonutriyentlarning tabiiy qo‘shilishi miyada yangi to‘qimalar ishlab chiqishga sabab bo‘ladi. Bu esa, olimlar fikricha, xotira va kognitiv funksiyani yaxshilashga yordam beradi.
Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari germaniyalik hamkasblari bilan birga sichqonlarda o‘tkazgan tadqiqot ana shunday xulosaga asos bo‘ldi. Ushbu tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan maqola yaqinda Stem Cell Reports jurnalida chop etildi.
O‘simliklardagi fitonutriyentlar, qizil uzumdagi resveratrol yoki ko‘k choydagi epigallokatexin-3-gallat (EGCG) deb nomlanuvchi kimyoviy moddalar turli organlarga, jumladan, miyaga yaxshi ta’sir qilishi avvaldan ma’lum edi.
Olimlar izlanishlar natijasida ayrim fitonutriyentlar aralashmasi bosh miyada yangi neyronlar paydo bo‘lishiga imkon yaratishini aniqladi. Ya’ni, voyaga yetgan sichqon miyasining laboratoriyada o‘stirilgan to‘qimalariga olma tarkibidagi fitonutriyentlar qo‘shilsa ko‘proq neyronlar paydo bo‘lgan. Qolaversa, yangi neyronlar nobud bo‘lish xavfidan yaxshi himoyalangan bo‘lib chiqdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, olmadagi fitonutriyentlar iste’molidan keyin kognitiv funksiyaning yaxshilanishi hozircha faqat sichqonlarda kuzatilgan. Tadqiqotchilar endi mevalar tarkibidagi fitonutriyentlar odam miya faoliyatini qay darajada yaxshilashini tekshirib ko‘rishni rejalashtirgan.
Muallif: uza




