Olimlar miya implanti orqali falaj bemorlar nutqini tikladi
Ma’lumki, neyroprotez falajlikdan aziyat chekayotgan shaxslarning muloqot qilish imkoniyatini tiklashda yuqori salohiyatga ega. Faqat tabiiy nutq tezligi va ifodaliligiga erishish hanuz murakkab vazifa bo‘lib kelayotgan edi.
Olimlar a’zosi va ovoz payi og‘ir darajada falajlangan bemor ustida tadqiqot o‘tkazib, miyaning nutq po‘stlog‘idan olingan yuqori aniqlikdagi signal orqali asl vaqt rejimida bir yo‘la uch yo‘nalish – matn, ovoz va yuz avatari animatsiyasi yuqori natijali tarjima jarayonini amalga oshirdi.
Bemor ichida gaplashishga harakat qilgan payt to‘plangan miya signali – neyron kodi yordamida sun’iy intellekt modeli o‘qitildi. Natijada ushbu maxsus dastur – dekoder miyadagi murakkab signal shifrini ochib, inson tushunadigan shaklga aylantirishga erishdi. Shu tariqa matnni shakllantirish bo‘yicha daqiqasiga o‘rtacha 78 so‘z tezligi va nisbatan kam xato darajasi qayd etildi.
Tovush yo‘nalishda bemorning jarohatdan oldingi ovoziga moslashtirilgan tushunarli tin sintez qilindi, avatar yo‘nalishida esa nutq va boshqa imo-ishora uchun virtual yuz harakati boshqarildi. Tizim bor-yo‘g‘i ikki haftadan kamroq vaqt ichida yuqori aniqlik bilan ishlay boshladi. Bunday ko‘p tarmoqli yondashuv og‘ir falajlikka uchragan insonlarga to‘liq va tabiiy muloqotni qaytarishda ulkan imkoniyat ochadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA